Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Bank xizmatlaridan foydalanish uchun OneID tizimid...

Bank xizmatlaridan foydalanish uchun OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatni faollashtirish lozim

09.02.2026

Bank xizmatlaridan uzluksiz foydalanish uchun OneID tizimida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga ruxsat berish zarur. Bu bankka mijozni aniqlash uchun zarur ma’lumotlarni avtomatik olish imkonini beradi.

Agar ruxsat berilmagan bo‘lsa, ayrim onlayn xizmatlar vaqtinchalik cheklanishi yoki qo‘shimcha tekshiruvni talab qilishi mumkin, jumladan:

  • Kredit, mikroqarz va muddatli to‘lovlarni rasmiylashtirish;

  • Hisob raqamlari va bank kartalarini ochish;

  • Mijozni onlayn identifikatsiya qilish (KYC);

  • Sug‘urta va telekommunikatsiya xizmatlari;

  • Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish.

OneID’dagi ruxsat sozlamalari onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli ma’lumotlarni uzatish holatini oldindan tekshirish muhimdir.

Sozlamalarni tekshirish va o‘zgartirish tartibi:

  • id.egov.uz saytiga kiring;

  • ERI, Mobile-ID yoki QR-kod orqali tizimga kiring;

  • “Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limida NBU uchun foydalanish huquqini belgilang.

Kerakli sozlamalar faollashtirilgach, xizmatlardan foydalanish odatdagi tartibda tiklanadi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU