“Oltin aksiya”ning uchinchi oraliq o‘yinini o‘tkazish to‘g‘risida
Hurmatli mijozlar!
2022 yilning 10 fevral kuni soat 15:00 da “O‘zmilliybank” AJ va Mastercard xalqaro toʻlov tizimining qoʻshma “Oltin aksiyasi”ning yanvar oyi uchun qimmatbaho sovgʻalari uchinchi oraliq oʻyini boʻlib oʻtishini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz.
O‘yin g‘oliblari Random.org xizmati yordamida Bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida (https://www.instagram.com/nbu.official/) onlayn translyatsiya formatidagi Aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yinda ishtirok etish uchun 2022 yilning 1 yanvaridan 31 yanvariga qadar bitta Mastercard kartasi orqali 15 AQSh dollari va undan ko‘p summaga (savdo terminallarida yoki Internetda tovar/xizmatlar uchun to‘lov) tranzaktsiyalarini amalga oshirish zarur edi.
O'yinning uchta g'olibi mashhur o'zbek brendi FONON brеndidan ajoyib tilla taqinchoqlar sohibiga aylanadi:
1-o‘rin – FONON brendidan tilla taqinchoqlar xarid qilish uchun 15 000 000 so‘mlik sovg‘a sertifikati;
2-o‘rin – FONON brendidan tilla taqinchoqlar xarid qilish uchun 10 000 000 so‘mlik sovg‘a sertifikati;
3-o‘rin – FONON brendidan 5 000 000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni xarid qilish uchun sovg‘a sertifikati.
Aksiya haqida batafsil ma’lumot quyidagi havola orqali: https://nbu.uz/uz/nbu-promotion/oltin-aksiya_uz/.
Barchaga omad tilaymiz!