O‘zmilliybank xalqaro kapital bozorida o‘zining ilk yevrobondlari chiqarilishini e'lon qildi
2020 yil 12 oktyabrda O‘zbekiston Milliy banki xalqaro miqyosda tan olingan anderrayter-banklar bilan birgalikda 300 million dollarlik O‘zmilliybankining xalqaro obligasiyalari (evrobondlari) debyut chiqarilishi haqida e'lon qildi. «Road-shov» jarayoni doirasida, shu kunining o‘zida AQSh, Shveytsariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Osiyo mamlakatlaridan 70 ta global investor ishtirokida audio-konferensiya formatidagi (Global Investor Sall) qo‘ng‘iroq bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir doirasida xorijiy investorlarga joriy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hamda bank sektorida olib borilayotgan islohotlarning yuzasidan malumot, shuningdek, Milliy bank tomonidan yevrobondlar chiqarilishining ham bank, ham butun mamlakat uchun ahamiyati bo‘yicha taqdimot qilindi.
Taqdimotdan so‘ng Moliya vazirligi va Milliy bank vakillari tomonidan investorlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi. Shuningdek, xorijiy potensial investorlar bilan yakka tartibda muzokaralar o‘tkazildi.
2020 yil 13 oktyabrda xorijiy investorlar bilan yakkama-yakka muzokaralar davom etishi ko‘zda tutilgan.Keyingi bosqichda, Milliy bank tomonidan chiqariluvchi yevrobondlar narxi aniqlanadi hamda London fond birjasida bozorning hozirgi holatidan kelib chiqib, sotish jarayoni amalga oshiriladi.