O’zmilliybank va YTTB o’rtasida texnik yordam ko’rsatish to’g’risida bitm imzolandi
2018 yil 20 noyabr O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o'rtasida texnik yordam ko'rsatish to'g'risida bitm imzolandi.
Kelishuvga ko’ra O’zmilliybankga yordam ko’rsatish maqsadida KPMG boshchiligidagi yetakchi xalqaro konsalting kompaniyalar maslahatchilari bilan birgalikda YTTB standartlariga muvofiq kichik va o'rta biznes (KO'B) uchun kreditlash texnologiyalarini tatbiq etishda yetuk xalqaro tajribani o'rganishga asoslangan.
YTTB kreditlash standartlarini tatbiq etilishining asosiy maqsadi O’zmilliybankning kreditlash bo'yicha mutaxassislarini xalqaro standartlariga muvofiq bilim berish, shuningdek, KO'B kreditlash va Хаtаrlarni boshqarish bo’yicha salohiyatni oshirishdir.
YTTB standartlari savdo-sotiq funktsiyalari va kredit xatarlarini tahlil qilish jarayonini aniq belgilab beradi va ushbu vositalar uchun mas'ul bo'lgan har bir bank bo'linmasining samaradorligini oshirishni va kredit berish shaffofligini oshirishni nazarda tutadi.
Ushbu standartlar KO'Blarni moliyalashtirish imkonini beradi.
O'z navbatida, amalga oshirilayotgan ishlar KO'Blarni to'liq qo'llab-quvvatlash bilan tasdiqlanishi mumkin.