Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O`zmilliybank mijozlari diqqatiga

O`zmilliybank mijozlari diqqatiga

05.11.2019

O`zmilliybank tomonidan mijozlarga qulay va tezkor xizmat ko`rsatish, masofaviy xizmat turlarini rivojlantirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy ta`minot hamda texnik qurilmalardan keng foydalanish yo`lga qo`yilmoqda.

Buning uchun Bankning IT-platformasi yangilanib, bo`lim va filiallar ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan yengillashtirish va ish hajmlarini maqbullashtirish tadbirlari olib borilmoqda.

Bankning iqtisodiy samaradorligi kam, operatsion harajatlar miqdori ko`p bo`lgan Shahrixon va Qo`rg`ontepa filiallarini Andijon bo`limiga, Marg`ilon filialini Farg`ona bo`limiga, Kattaqo`rg`on filialini Samarqand bo`limiga, Olmaliq va Chirchiq filiallarini Toshkent viloyati bo`limiga va Xiva filialini Urganch bo`limiga birlashtirish rejalashtirilgan. 

Ushbu filiallar joylashgan tumanlarda aholi gavjum bo`lgan hududlarda 2 tadan xizmat ko`rsatish markazlar faoliyati yo`lga qo`yiladi. 

Mazkur xizmat ko`rsatish markazlarida bank mijozlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan holda bank xizmatlari ko`rsatish davom ettiriladi hamda aholi uchun qulay bo`lgan zamonaviy avtomatlashtirilgan to`lov uskunalari bankomat, infokiosklar va boshqa zamonaviy uskunalar bilan ta`minlanadi. 

Birlashtirilayotgan filiallarda ishlab kelayotgan xodimlar malakasini oshirish, qayta o`qitish va yangi chakana bank mahsulotlari bo`yicha ularni ixtisoslashtirgan holda tashkil qilinayotgan markazlarda ish faoliyatlarini davom qildirish ishlari amaldagi mehnat qonunchiligi talablari doirasida olib boriladi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU