Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
O‘zmilliybank MIGA qoplamasi ostida kichik va o‘rt...

O‘zmilliybank MIGA qoplamasi ostida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun sindikatlashtirilgan kredit liniyasini jalb qildi

03.06.2024

“O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda - “O‘zmilliybank”) tomonidan Buyuk Britaniya yetakchi banklaridan biri Standard Chartered Bank va Germaniyaning Landesbank Baden-Württemberg (keyingi o‘rinlarda – LBBW) o‘rtasida Ko‘p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi (MIGA, Jahon Banki a’zosi) sug‘urta qoplamasi ostida 100 million yevro miqdorida sindikatlashtirilgan kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kredit shartnomasi imzolandi.

Mazkur kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 20 may kuni tijorat banklarining mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonidagi ishtiroki masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalarni amalga oshirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Ta’kidlash zarur, O‘zmilliybank MIGA bilan shartnoma tuzgan O‘zbekistondagi birinchi moliya instituti bo‘lib, boshqa tijorat banklari uchun mamlakatning kichik va o‘rta biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyat yaratib berdi.

Jalb qilinayotgan kredit liniya quyidagilarga yo‘naltiriladi:

1) kapital xarajatlar (texnologiyalarni sotib olish va ularni takomillashtirish) va aylanma mablag‘larga muhtoj bo‘lgan kichik va o‘rta korxonalarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;

2) qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, muqobil energiya, sog‘liqni saqlash kabi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish;

3) eksportga yo‘naltirilgan kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash;

4) yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish.

Loyihani tanlash jarayonidagi asosiy mezonlar:

- qarz oluvchi - O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq kichik va o‘rta biznes sub‘yekti bo‘lishi;

- moliyalashtirish muddati – 3 yilgacha;

- moliyalashtirish miqdori 1 million yevrogacha;

- barqaror rivojlanish va ekologik toza loyihalar bo‘lishi shart.

Kredit liniyaning asosiy afzalliklaridan – qulay moliyalashtirish shartlari va mamlakati kelib chiqishidan qat‘i nazar xomashyo, tovarlar va xizmatlar importini o‘z ichiga olgan shartnomalarni moliyalashtirish imkoniyati mavjudligidir. Bu esa o‘z navbatda mahalliy kichik va o‘rta korxonalarga keng geografiyadan xorijiy eksportchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo'yish imkonini beradi.

Mazkur kredit liniyasining o‘zlashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshirilishini rag‘batlantirish, xususan eksport salohiyatini oshirish, mamlakatimizda tadbirkorlik madaniyatini rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yuksaltirish vazifalarini amalga oshirish, shu bilan birga, yangi ish o'rinlari yaratishda muhim ahamiyatga egadir.

Ko‘p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi (MIGA) – rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiyalarni rag'batlantiradigan xalqaro tashkilotdir. Qolarversa, Jahon banki guruhining a'zosi ham.

Standard Chartered Bank – Buyuk Britaniyaning yetakchi xalqaro bank guruhi bo‘lib, keng ko‘lamli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank 170 yildan ortiq tarixga ega va 60 ta davlatda faoliyat yuritadi. Bank aktivlari 760 milliard dollardan ortiq, kapitali – 78 milliard dollar va foydasi – 775 million dollarni tashkil qiladi.

LBBW (Landesbank Baden-Württemberg) – Germaniyaning janubi-g'arbiy qismidagi yetakchi mintaqaviy bank bo'lib, faoliyati keng ko'lamli moliyaviy xizmatlardan iborat. Bank 1999 yilda tashkil etilgan va Germaniyadagi eng yirik bank biri hisoblanadi. Bank aktivlari 172 milliard dollardan ortiq, kapitali – 10 milliard dollar va foydasi – 1 milliard dollarni tashkil etadi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Men sizning virtual yordamchiman.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Kerakli bo'shlikni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.

Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.

Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.

Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.

Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.

Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.

Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.

Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.

Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Swift” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.

Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.

Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.

shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat

o’tkazma nazorat raqami

jo’natuvchining ism Sharifi

jo’natuvchining mamlakati

kutilayotgan pul miqdori

NBFAUZ2X

O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.

Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;

- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;

- Guvohnoma (Sertifikat);

- Ta’sischilarning qarori;

- Litsenziyalar;

- Garov kadastri/texnik pasporti;

- Garovnning fotosuratlari;

- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;

- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan

faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin. Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Kompaniyaning ta'sis hujjatlari (ustav, ro'yxatdan o'tish to'g'risidagi guvohnoma)
- Kompaniya vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
- Sotib olinayotgan avtomobil uchun shartnoma
- Garov mulkiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (agar garov talab etilsa)

- Professional maslahat va qo'llab-quvvatlash: Mutaxassislar rasmiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahat va yordam ko'rsatishga tayyor va mijozlarga taklif etilayotgan kredit mahsulotlaridan maksimal darajada foydalanishga yordam beradi.
- Kreditning maqbul muddati va miqdorini tanlash imkoniyati.
- Rasmiylashtirishning soddaligi: Hujjatlarga minimal talablar va arizalarni ko'rib chiqishning tezkor jarayoni.
- Biznesni qo'llab-quvvatlash: Avtoparkni yangilashga yordam beradigan moliyalashtirish

Milliy bank arizalarni ko'rib chiqishning tez va samarali jarayonini ta'minlashga intiladi. Yuridik shaxslar uchun avtokredit olishga arizani ko'rib chiqishning o'rtacha muddati 3 dan 5 ish kunigacha

Garov sotib olinayotgan yangi avtomobil bo'lishi mumkin

Rasmiy dilerlardan yangi avtomobillarni sotib olish imkoniyati

Arizani ko'rib chiqish muddati taqdim etilgan hujjatlarning to‘laligiga bog‘liq holda 1 kundan 3 kungacha egallaydi.

Kredit uchun ta’minotlarning har xil turlari, jumladan, ko‘chmas mulk, avtotransport garovi, hamda jismoniy yoki yuridik shaxslarning kafolatlari qabul qilinadi.

Jarima sanksiyalarisiz kreditni muddatidan oldin so'ndirish imkoni mavjud.

Ariza berish paytida korxonani ro'yxatdan o'tkazish muddati 6 oydan ortiq bo'lishi kerak.

Kredit bo‘yicha asosiy foizdan tashqari, garovni sug‘urtalash va uni rasmiylashtirishga xarajatlar yuzaga kelishi mumkin.  Biroq, yashirin xarajatlar ko‘zda tutilmagan

- Ta’sischi, direktor, bosh buxgalter pasporti;
- Direktorni tayinlash to‘g‘risida buyruq;
- Guvohnoma (Sertifikat);
- Ta’sischilarning qarori;
- Litsenziyalar;
- Garov kadastri/texnik pasporti;
- Garovnning fotosuratlari; 
- Yetkazib beruvchi bilan shartnoma;
- Ijara kelishuvi/biznes yuritilayotgan
faoliyat manziliga mulkchilik huquqlari to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;

Mazkur ro‘yxat kreditlash masalasini ko‘rib chiqish uchun yakuniy hisoblanmaydi, va Bank xodimlari ko‘rib chiqilayotgan loyihaga taalluqli boshqa ma’lumotlarni va hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.