"O‘zmilliybank" AJ va Mastercarddan “Yozni uzaytiring” aksiyasining oylik sovrinlari va Bosh sovrini o‘ynalishi haqida
“O‘zmilliybank” AJ va Mastercard xalqaro to‘lov tizimining “Yozni uzaytiring” aksiyasi yakunlandi va ertaga, 2023-yil 13-oktabr soat 15.00 da aksiya qimmatbaho sovrinlarining yakuniy o‘yini bo‘lib o‘tadi. O‘yin g‘oliblari Random.org xizmati yordamida Bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida onlayn translyatsiya formatida aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlov orqali aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, oylik o‘yinda ishtirok etish uchun 2023-yil 5-sentabrdan 4-oktabrgacha bo‘lgan davr ichida bitta Mastercard kartasidan jami 25 AQSh dollari va undan ortiq summaga tranzaksiyalarni* amalga oshirish zarur edi.
O'yinning uchta g'olibi quyidagi sovg`alar egasiga aylanadi:
1-o‘rin – MacBook Pro;
2-o‘rin – iPhone 14 Pro Max;
3-o‘rin – Sony PS5 o‘yin qurilmasi.
O`yin yakunda aksiyaning Bosh sovrini - Dubayga ikki kishilik sayohat o'ynaladi!
Bosh sovrin o‘yinida ishtirok etish uchun 2023-yil 5-iyuldan 4-oktabrgacha bo‘lgan davr mobaynida bitta Mastercard kartasidan jami 100 AQSh dollari yoki undan ortiq mablag‘ga * tranzaksiyani amalga oshirish zarur edi.
Qur’ada bitta asosiy g‘olib va 2 nafar zaxira nomzod tanlab olinadi.
Barchaga omad tilaymiz!
* Savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari terminallarida yoki Internet tarmog'ida tovarlar/xizmatlar uchun to'lov, Mastercard Send xizmati orqali pul o'tkazish, boshqa bank infratuzilmasida naqd pul yechib olish. Aksiyada konversion operatsiyalar, shuningdek, “O`zmilliybank” AJ tarmog‘idagi bankomatlar va terminallar orqali naqd pul yechib olish hisobga olinmaydi.