Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ KWIKPAY to‘lov tizim bilan hamk...

"O‘zmilliybank" AJ KWIKPAY to‘lov tizim bilan hamkorlikni boshladi

27.08.2024


“O‘zmilliybank” AJ mijozlari uchun yangi xalqaro to‘lov tizimini taqdim etadi

Bankimiz mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘z hamkorlari safini yana bittaga ko‘paytirdi. KWIKPAY- xalqaro to‘lov tizimi bilan tuzilgan shartnoma yurtdoshlarimiz uchun O'zbekistonga pul o'tkazmalarini amalga oshirishni yanada osonlashtiradi.

Hamkorlik doirasida yurtdoshlarimizga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Armaniston, Turkiya, Grеtsiya, Kipr hamda  Isroil,  kabi qator davlatlariga va ulardan O‘zbеkistonga pul o'tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

Muhimi, "KWIKPAY" - xalqaro to‘lov tizimi foydalanuvchilari uchun pul o'tkazmalarida nol komissiya bilan qulay valyuta kurslarida amalga oshiriladi. O`tkazmalar AQSh dollarida beriladi.

Yangi to‘lov tizimi haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi havolaga kirishingiz mumkin: https://nbu.uz/uz/physical/money-transfer/.

“O‘zmilliybank” AJning istalgan 115 ta markazlari va ofislarida mijozlar mazkur soddalashtirilgan xalqaro pul o'tkazmalari to‘lov tizimidan foydalanishlari mumkin.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU