Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
"O‘zmilliybank" AJ jamoasi Mustaqilligimizning 29 ...

"O‘zmilliybank" AJ jamoasi Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi

31.08.2020

Aziz yurtdoshlar!

"O‘zmilliybank" AJ jamoasi Sizlarni aziz Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi! 

Ushbu bayram xalqimiz uchun eng muhim va eng aziz bayramga aylandi. Biz o‘z Vatanimiz, tariximiz, uzoq yillar davomida mustaqilligimiz uchun kurashgan buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. 

Bugun O‘zbekiston yangilanmoqda. Har sohada o‘zgarishlar, rivojlanishlar bo‘lmoqda.  Bu jarayonda  xalqimiz O‘zbekistonning  ravnaqi yo‘lida tinimsiz mehnat qilmoqda. Biz uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda, ilmiy-texnik va intellektual salohiyat rivojlanmoqda, kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning mustahkam poydevori yaratildi.

Bizning vazifamiz ezgu maqsadlarimizga erishish uchun har qanday qiyinchiliklarni birgalikda yengish va O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi obro‘sini oshirish uchun yanada yaqinroq birlashishdir. Vatanimiz hamda kelajak avlodlarimiz taqdiri sizu-bizning qo‘limizda.

Ushbu bayramona kunda Sizga va oilalaringizga tinchlik, farovonlik tilaymiz. Vatan ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda omad yor bo‘lsin!
 
Yurtimiz tinch va farovon,  halkimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU