NBUdan yuridik shaxslar uchun yangi kredit mahsulotlari
· Respublika hududlarida aholini ish bilan ta'minlash, daromad olishni rag'batlantirish, yangi ish joylari ochishga yordam berish hamda qulay kredit mahsulotlari taklif etish maqsadida ishlab chiqilgan "Tadbirkorga yordam" dasturi doirasida mijozlarimizga investitsiya qo'yishlari uchun 5 yilgacha va aylanma mablag'larini to'ldirishlari uchun 18 oyga qadar 10 mlrd. so'mgacha kredit beriladi. 15 tadan 20 tagacha doimiy ish joyi ochilganda beriladigan kredit stavkasi NBU asosiy kredit stavkasiga nisbatan 1% kamayadi, 20 ta va undan ko'p doimiy ish joyi ochilganda esa kredit stavkasi 2% kamayadi.
NBU "Tadbirkorga yordam" deb nomlanadigan yangi kredit mahsuloti quyidagi shartlar bilan beriladi:
Qarz oluvchilar |
Kichik biznes subyektlari |
Qarz summasi |
10 milliard so'mgacha |
Kredit beriladigan muddat |
Investitsiyaga qo'yiladigan kreditga – 60 oygacha;
Aylanma mablag'ni to'ldirishga – 18 oygacha; Aylanma mablag'ni to'ldirishga – 18 oygacha; |
Valyuta |
Milliy valyuta; |
Foiz stavkasi |
Bank Aktivlari va passivlarini boshqarish komiteti investitsiyalar va boshqa maqsad uchun belgilagan stavka bo'yicha (hozir 24%) |
Foiz stavkasini kamaytirish |
- 15 tadan 20 tagacha doimiy ish joyi ochilganda stavka 1% kamayadi; - 20 ta va undan ko'p doimiy ish joyi ochilganda esa stavka 2% kamayadi; |
Garov bilan ta'minlash |
Ta'minlash Bankning talabiga muvofiq, ya'ni, kredit summasining 125 foizidan kam bo'lmasligi kerak; |
Alohida shartlar |
- Qarz oluvchi berilgan kredit foiz stavkasini kamaytirish mexanizmidan faqat yangi ish joylarini ochganidan so'ng foydalanadi; - "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ kreditlar bo'yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash (kompensatsiya qilish) uchun beradigan kreditlarga nisbatan qo'llanmaydi; - Agar har oyning 1-kuni maxsus platformada o'tkaziladigan tahlil qarz oluvchi ochgan doimiy yangi ish joylarining soni belgilab qo'yilgan shartdan kamayib ketganini ko'rsatsa 1-kundan boshlab kredit bo'yicha foiz stavkasini kamaytirish bir tomonlama bekor qilinadi va qolgan kredit summasi bank belgilab qo'ygan foiz stavkasi bilan hisoblanadi, foiz stavkasini kamaytirish masalasi esa qayta ko'rilmaydi. |
· Xalqaro faktoring.
Xalqaro faktoring – Xaridorlar qabul qilib olgan, lekin hali haqini to’lamagan tovarlar, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat uchun taqdim etilgan to’lov topshiriqlari bo’yicha to’lovlarni qabul qilib olish huquqini Bankka topshirib Yetkazuvchilarni moliyalaydigan bank xizmati.
Xalqaro faktoring amaliyoti ishtirokchilari
1. Yetkazuvchi – O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan, NBU tizimida asosiy hisob raqami va so'rab olinadigan depozit valyuta hisobi bo'lgan Eksportchi korxona.
2. Xaridor – Eksportchi korxonadan tovar/xizmat import qilib oladigan Korxona.
3. Moliyalaydigan bank – "O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ
4. Chet el banki – Eksport shartnomasining haqi Yetkazuvchi foydasiga to'lanadigan bank kafolati/akkreditiv chiqargan Emitent bank.
Xalqaro faktoring taqdim etilishining asosiy shartlari
Moliyalash obyekti |
Belgilangan tartibda Tashqi savdo amaliyotlari yagona axborot tizimida ro'yxatga olingan, to'lov kechiktirilishini va pul mablag'i talab qilish huquqi bankka topshirilishini nazarda tutadigan, Yetkazuvchi Xaridor bilan tuzgan eksport shartnomasi |
Moliyalash summasi |
Oldin olingan summani stisno qilganda eksport shartnomasi summasidan oshmaydigan summa |
Bir martada olinadigan komissiya miqdori |
Bankning o'z mablag'i hisobiga, bir chorak (90 kun) muddatga beriladigan kreditlarga belgilangan foiz stavkasining 30% miqdorida
Hisoblab chiqarishga misol Bankning o'z mablag'i hisobiga, aylanma mablag'ni to'ldirishga beriladigan kredit bo'yicha foiz stavkasi: 10%; Xalqaro faktoring bo'yicha bir marta olinadigan komissiya miqdori bir chorakka (90 kunga): 3%; |
Moliyalash valyutasi |
Eksport shartnomasi valyutasi |
Moliyalash muddati |
Ko'pi bilan 180 kun |
Zarur hujjatlar ro'yxati |
- Ariza; - Eksport shartnomasi; - Yuk jo'natilgani hujjatlari; - Bank kafolati/Yetkazib beruvchi foydasiga ochilgan akkreditiv (moliyalashdan oldin O'zmilliybank ularni o'zining foydasiga qayta rasmiylashtirishni talab qilishi mumkin); - Ustav va ta'sis hujjatlarining nusxalari; - Faktoring olish haqida ta'sischilarning qarori; - Boshqa hujjatlar (amaliyotni to'liq baholash va xavfni kamaytirish uchun O'zmilliybank boshqa hujjatlarni ham so'rashi mumkin) |
Alohida shartlar |
Ba'zi hollarda, agar Yetkazuvchi korporativ mijoz bo'lsa va likvid garov ta'minoti bersa O'zmilliybank xalqaro faktoring taqdim etish masalasini bank kafolati/Chet el banki akkreditivini talab qilmasdan ham ko'rib chiqishi mumkin. |