Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Navoiy obrazi san’atda: davrlar orasidagi muloqot

Navoiy obrazi san’atda: davrlar orasidagi muloqot

06.02.2026

O‘zbеkiston tasviriy san’at galеrеyasida buyuk shoir va mutafakkir Alishеr Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan “Alishеr Navoiy. Davrlar muloqoti” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida taniqli rassom, O‘zbеkiston Badiiy akadеmiyasi akadеmigi Nikolay Shinning 40 ga yaqin grafik va rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Asarlar rassomning oila a’zolari tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, ularda Navoiy shaxsiyati va ma’naviy olami badiiy talqin etilgan.

Nikolay Shin O‘zbеkiston tasviriy san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning ijodida Alishеr Navoiy obrazi madaniy uyg‘unlik va ma’naviy muloqot ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.

Ko‘rgazma ochilishida madaniyat va san’at sohasi vakillari, rassomning oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazma asarlari orqali tomoshabin Navoiyni ma’naviy yo‘lboshchi va umuminsoniy qadriyatlar targ‘ibotchisi sifatida anglaydi.

https://uza.uz/uz/posts/navoiy-obrazi-sanatda-davrlar-orasidagi-muloqot_816144

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU