Milliylik va mustaqillik ruhi bilan yo‘g‘rilgan kun
29.08.2025
"O‘zmilliybank" AJ jamoasida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida har juma kuni o‘tkazib kelinayotgan "Milliy liboslar kuni" chellendji davom etmoqda.

Milliy liboslar — bu xalqimizning tarixiy xotirasi, madaniy boyligi va ma’naviy olamining yorqin ramzidir. Ana shunday tashabbuslar jamoada birdamlik va milliy g‘ururni yanada mustahkamlab, qalblarda faxr tuyg‘usini uyg‘otmoqda.

Shu o‘rinda barchangizni Mustaqillik bayrami arafasida samimiy tabriklab qolamiz! Mustaqilligimiz doimo bardavom, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!