Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
«Milliy bank»ka Fitch Ratings tomonidan «BB-» reyt...

«Milliy bank»ka Fitch Ratings tomonidan «BB-» reytingi taqdim etildi

21.08.2020

Dunyoning yetakchi reyting agentliklaridan biri — Fitch Ratings 2020 yilning 19 avgustida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJga kredit reytinglarini taqdim etdi. «Milliy bank» shuningdek yana «Barqaror» prognozi ostida «BB-» uzoq muddatli reytingga ham munosib ko‘rilgan.

Agentlik mutaxassislari O‘zbekistondagi eng yirik bank bo‘lgan «Milliy bank»ning tizimli ahamiyati, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, strategik roli va uzoq muddatli infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishdagi ahamiyatini ta'kidlamoqdalar. Shu bilan birga mamlakatdagi rivojlanish loyihalari, kuchli mijozlar bazasi, aktivlarning sifati va kapitallashuv jarayoni ham e'tirof etilgan.

Nufuzli agentlik tomonidan «Milliy bank»ka reyting berilishi bankning puxta tanlangan rivojlanish strategiyasi, yetakchilik sifati va barqaror pozisiyasini saqlab qola olishi, xorijiy investisiyalarni jalb qilishdagi qat'iy pozisiyasi, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda va shuningdek iqtisodiyotning strategik muhim sohalariga, xususan, davlat ahamiyatiga molik sohalarda bank xizmatlarini ko‘rsata olish qobiliyatini tasdiqlaydi.

Ma'lumot uchun: Fitch Ratings — Moody’s va Standard & Poors qatorida uchta yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan biridir. Agentlik 1913 yilda tashkil topgan bo‘lib, shtab-kvartirasi N'yu-York shtatida (AQSh) joylashgan.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU