Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Mikrofirma va kichik korxonalar ishchi xodimlarni ...

Mikrofirma va kichik korxonalar ishchi xodimlarni bitiruvchilar hisobiga oshirishi mumkin

17.12.2014

“Tadbirkorlik  faoliyati erkinligi kafolatlari to'g'risidagi” O'zbekiston Respublikasi qonuniga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarga muvofiq,  endilikda   mikrofirma va  kichik korxonalar o'rtacha ishchilar sonini   kasb hunar kollejlari, akademik litsey va oliy ta'lim musassalalari  bitiruvchilari hisobiga oshirishi mumkin.  Unga ko'ra,   bitiruvchilar  umumiy xodimlarning  50 foizini tashkil qilishi  belgilandi.   Shu paytga qadar  bu  ko'rsatkich  20 foizga teng bo'lgan.

Jumladan, ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan mikrofirmada  xodimlarning   o'rtacha soni 20 kishidan iborat bo'lsa, ushbu firma yana 10 nafar bitiruvchini ishga qabul qilishi mumkin.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, yengil va oziq- ovqat sanoati, metalni qayta ishlash, yog'och va  mebel sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan korxonalarda  o'rtacha ishchilar  shtati  100  dan oshmasligi belgilab qo'yilgan.  Endilikda ushbu korxonalar 50 nafargacha bitiruvchilarni ishga olishi mumkin. 

Korxonalar  ishchi hodimlar sonini bitiruvchilar hisobiga faqat bitiruvchi  ta'lim muassasasini tamomlaganidan boshlab  3 yilgacha oshirishi mumkin.  3 yildan so'ng yosh yigit  yoki  qiz bilan mehnat shartnomasini imzolagan korxona  ushbu imtiyozdan foydalana olmaydi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU