Korxonalar tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari kamaytiriladi
UzReport 20.01.2014
Mamlakatimizdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish hamda uni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini yanada ko‘paytirish va eksport salohiyatini o‘stirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 yanvardagi "Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, Iqtisodiyot hamda Moliya vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan 2014 yilda ishlab chiqa¬rish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbir¬lar birinchi navbatda energiya resurslari iste'molini qisqartirish va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan tex¬nologik jarayonlarni va moddiy-xom ashyo resurslari sarfi, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlari nor¬malarini ratsionalizatsiyalashtirish hamda mehnat unumdorligini o‘stirish, boshqaruv va sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonini maqbullashtirish, boshqa omillar hisobiga amalga oshiriladi.
Xo‘jalik birlashma¬larida va yirik korxonalarda yig‘ma parametrlar bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mah¬sulot tannarxini o‘rtacha 10 foizga pasaytirish, shu jumladan, ishlab chiqa¬rish xarajatlarini qisqartirish hisobiga 8,3 foizga pasaytirish bo‘yicha takliflar ma'qullandi.
Vazirlik, idora, aksiyadorlik kompaniyalari, uyush¬malar va boshqa xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga ushbu qaror bilan ma'qullangan tarmoq bo‘yicha tannarxni pasaytirishning yig‘ma parametrlaridan kelib chiqib o‘n kun muddatda o‘z tarkibiga kiradigan sanoat korxonalari uchun tannarxni pasaytirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Qarorda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, respublika vazirli¬klari, idoralari, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalari va boshqa xo‘jalik birlashmalari korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan har choraklik monitoring o‘rnatishlari, olib boriladigan monitoring yakunlari bo‘yicha zarurat bo‘l¬ganda mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha parametrlarga erishishning to‘liqligi va samaradorligidan kelib chiqib, kor¬xonalar rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish yoki shaxsiy javobgarliklarini oshirish choralarini ko‘rish belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, tasdiqlangan nor¬mativ-texnik hujjatlar doirasida texnologik jarayonlarni ratsiona¬lizatsiyalashtirish va moddiy-xom ashyo va energiya resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish, xarid qilinadigan xom ashyo, mate¬riallar va butlovchi buyumlar qiy¬matini pasaytirish, foydalanish xarajatlari va yuklama xarajatlar¬ni qisqartirish, xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish natijasida mahalliylashtirish darajasining pasaytirilishi 2014 yilda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va mate-riallar ishlab chiqarishni mahalliy¬lashtirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bu¬zish, deb hisoblanmaydi.