Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Komission mukofotlar tariflariga o‘zgartirishlar k...

Komission mukofotlar tariflariga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida xabarnoma

06.06.2024

Hurmatli mijozlar!

Ushbu bilan sizni yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaldagi komission mukofotlar tariflariga o‘zgartirishlar tatbiq qilinishi haqida xabardor qilamiz. O‘zgartirishlar kichik biznes subyektlariga beriladigan terminallar uchun har oylik ijara to‘lovlarini tartibga soluvchi 7.3.9 va 7.3.10-kichik bandlarga tegishli.

1. 7.3.9-kichik band: Kichik biznes subyektlari uchun savdo terminalining oylik ijara haqi (har oy 100 000 so‘mdan ortiq aylanmada) - komissiya undirilmaydi.

2. 7.3.10-kichik band: Kichik biznes subyektlari uchun savdo terminalining oylik ijara haqi (har oy 100 000 so‘mdan kam aylanmada) QQS bilan BHMdan 15%ni tashkil qiladi.

Qo‘shimcha: 6 oy mobaynida nofaol bo‘lgan terminallar - mijozlardan olib qo‘yiladi.

Ushbu o‘zgartirishlar nofaol terminallarni kamaytirishga qaratilgan va 10.06.2024 yildan kuchga kiradi.

Sizga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU