Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Kichik biznesning katta imkoniyatlari

Kichik biznesning katta imkoniyatlari

17.05.2012

      Bugungi kunda xususiy sektor sub’ektlari raqobatbardosh mahsulotlari va xizmatlari bilan aholi turmush farovonligini oshirishga, iqtisodiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan hududiy savdo yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ishtirokchilari bunga yana bor ishonch hosil qildilar.
     O‘n yil oldin mazkur an’anaviy yarmarkada Namangan viloyati bo‘yicha yuzga yaqin korxona va kichik biznes sub’ekti jami besh yuzga yaqin turdagi mahsulotni namoyish qilgan edi. Bu yil esa qatnashchilar soni 150 taga yetib, mahsulotlar turi mingdan oshdi.
     Yarmarkada namanganlik tadbirkorlar ichki va tashqi bozor talablari asosida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish borasida yetarli tajriba to‘plagani ko‘rindi. Xususan, “Ximmash” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan tayyorlanayotgan ellikka yaqin turdagi sport inventarlari, “Zilol mebel” xususiy firmasida ishlab chiqarilayotgan uy va ofis jihozlari, “Momiq sochiqlar”, “Element paint” kabi korxonalarning xaridorgir mahsulotlari xaridorni befarq qoldirmadi. Tadbirda Chust, Kosonsoy tumanlaridagi qator kasb-hunar kollejlari jamoalari ham o‘z kichik korxonalarida tayyorlayotgan mahsulotlari bilan ishtirok etgani e’tborga loyiq.

O‘zA 18.05.2012

 

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU