Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Hurmatli yurtdoshlar, bankimiz mijozlari, qadrli h...

Hurmatli yurtdoshlar, bankimiz mijozlari, qadrli hamkasblar!

08.12.2022

Hurmatli yurtdoshlar, bankimiz mijozlari, qadrli hamkasblar!  

Siz azizlarni yurtimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Konstitusiya – davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir! 

Xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan huquqiy-demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib kelayotgan Asosiy qonunimizning milliy taraqqiyotimizdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Bosh Qomusimiz bergan huquq va imkoniyatlarga tayanib, keyingi yillarda mamlakatimizda keng ko‘lamli demokratik islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan bank sohasida ham bir qator o‘zgarish va yangilanishlar ro‘y bermoqda. "Yangi O‘zbekiston" taraqqiyoti va rivoji uchun barchamiz bir tan bir jon bo‘lib, fidokorona mehnat qilib oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishamiz.

Sizlarni Konstitusiya kuni bilan yana bir bor qutlayman. Hayotingizda doimiy barqarorlik, rivojlanish va yangi yutuqlarning amalga oshishini, shuningdek qalbingizni doimo ijobiy his-tuyg‘ular bilan to‘ldiradigan  go‘zal hayot va yorqin g‘oyalar hamrohingiz bo‘lishini tilayman

Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin!

Samimiy ehtirom ila,

                                                                                                                     Alisher Mirsoatov 
                                                                                                                  

                                                                                                                  "O‘zbekiston Respublikasi Тashqi iqtisodiy faoliyat                                                                                                                     milliy banki" AJ Boshqaruvi Raisi

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU