Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-martdagi PQ-3620-sonli “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori hamda Bank Boshqaruvining 2023-yil 24-martdagi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi (00451), Yunusobod (00836), Yashnobod (00847), Sergeli (00869), Yakkasaroy (00870), Mirobod (00875), Olmazor (00876), Mirzo Ulugbеk (00895), Sayohat (00905), Uchtеpa (00918), Bеktеmir (00930), Bosh amaliyot (00407), Akadеmiya (00431), Markaziy amaliyot (00882), Yangiobod (01077) filiallari 15-16-iyul kunlari Yagona Bank kodiga (00450) transformatsiya qilinayotganligini ma’lum qilamiz.
Mazkur tarmoqlar tomonidan 17-iyul kunidan boshlab 00450 Bank kodi orqali xizmat ko’rsatilishi yo’lga qo’yiladi. Yangi rekvizitlarni Sizga xizmat ko’rsatuvchi bank tarmoqlaridan olishingiz mumkin.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.
Kelgusida mazkur filiallar negizida bank xizmatlari markazi tashkil etilib, aholi va mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatish davom ettiriladi.