Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ VISA kartalari egalari...

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ VISA kartalari egalari hamda Milliy mobil ilovasining foydalanuvchilari

05.04.2020

Mijozlarimiz uchun qulaylik yaratish maqsadida "O‘zmilliybank" AJ VISA kartalari hamda Milliy mobil ilovasiga tegishli savollarga Telegram ijtimoiy tarmog`i orqali javob berishni tashkil etdik.

Agar Siz xorijda bo‘lsangiz va "O‘zmilliybank" AJ VISA kartalarini qo`llab-quvvatlash xizmatiga telefon orqali ulanish imkoniyati bo‘lmasa, Siz uchun Telegram ijtimoiy tarmog`i orqali  xabarlarni onlayn qabul qilish xizmati yo‘lga qo‘yildi. 

Kunning istalgan vaqtida quyidagi manzil orqali "O‘zmilliybank" AJ VISA kartasi bo‘yicha o‘z muammo va savollaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin. 

Buning uchun Siz Telegram qidiruv qatoriga @NBU_VISA_Support manzilini terib, u orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bank mutaxassislari bilan bog‘lanib, "O‘zmilliybank" AJ VISA kartasi bilan bog‘liq barcha muammoingizni hal qilishingiz  yoki savollaringizga javob olishingiz mumkin. 

Biz bilan bog‘lanish uchun Sizga faqat internet tarmog‘iga ulanishining o`zi kifoya.

Аholidan Milliy mobil ilovasining ishlashi bo’yicha juda ko’p savollar yuzaga kelishi sababli, foydalanuvhilarning murojaatlariga tezkor va samarali javob berish maqsadida, Milliy mobil ilovasini texnik qo’llab-quvvatlash guruhi tashkil etildi. Mazkur guruhga t.me/MilliyDevTeam havola orqali murojaat qilish mumkin. 

Qoida: Bu guruh faqat Milliy mobil ilovasi bo’yicha texnik masalalarni hal etish uchun ochilgan! 

Bu guruhda "O’zmilliybank" AJ tomonidan o’rnatilgan komissiya to’lovlari miqdori, filial xodimlarining malakasi va shu kabi masalalar muhokama qilinmaydi!  Qoidalarga rioya qilishingizni so’raymiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU