Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Hurmatli mijozlar va hamkorlarimiz!

Hurmatli mijozlar va hamkorlarimiz!

31.12.2019

"O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati jamoasi va o`z nomimdan Siz azizlarni, oila a'zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. 

O`tgan yillar davomida biz bilan birga bo`lganingiz hamda hamkorlik qilganingiz uchun Sizga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 

Sizlarning ishonchingiz hamda hamkorligingiz sababli bugun "O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati eng yuqori moliyaviy natijalarga erishayotgan bank sifatida o`z mavqeini saqlab turibdi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, moliyaviy barqarorlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va barchangizning boshlagan ezgu ishlaringiz rivojini tilayman. 

Yangi yil yangi imkoniyatlar yili bo`lishiga tilakdoshman!

Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo`lida har biringiz olib borayotgan ezgu ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo`lsin!


Hurmat bilan,

"O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy 

faoliyat milliy banki" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi Raisi 

A.Q. Mirsoatov

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU