Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida.

«Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida.

05.05.2019

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-martdagi PQ-4231 sonli “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosini taminlash maqsadida O`zmilliybank Boshqaruv Raisi, Rais o`rinbosari va mas`ul rahbar hodimlardan iborat Ishchi guruhi Surhondaryo viloyatida hizmat safarida bo`lmoqdalar.



Joriy yilning 4 may kuni O`zmilliybank Boshqaruv Raisi A.K. Mirsoatov, joylardagi hokimlik, mahalliy idoralar rahbarlari, mahalla raislari va faollari qatnashuvida Surhondaryo viloyatining Sherobod va Angor tumanlari aholisi bilan keltirib o`tilgan qaror ijrosini taminlash, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida aholining daromad olish borasidagi loyihalarini amalga oshirishga ko`maklashish, ishsiz va to`liq band bo`lmagan aholini tadbirkorlikka o`rgatish, loyihalarni moliyalash va ishga tushirishda amaliy yordam berish masalalari yuzasidan sayyor uchrashuvlar bo`lib o`tdi.


O`tkazilgan sayyor uchrashuvlarda tumanlar mahallalari fuqarolar yig`inlarida mehnatga layoqatli fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlari eshitilib, ularning muammolari qonunchilik hujjatlari asosida joyida hal qilindi hamda berilgan takliflar bo`yicha kelgusidagi ishlar rejalashtirildi, bir qator masalalar echimi bo`yicha tadbirlar belgilanib ularning ijrosi nazoratga olindi.



Shu kabi sayyor uchrashuvlar Surhondaryo viloyatining boshqa tumanlarida ham o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU