Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“Global Money Week” loyihasi doirasida “Ochiq dars...

“Global Money Week” loyihasi doirasida “Ochiq darslar”

08.05.2025

Har yili Markaziy bank tashabbusi bilan an’anaviy tarzda “Butunjahon jamg‘arish kuni (Global Money Week)” loyihasi doirasida o‘quvchilarning zamonaviy raqamli moliyaviy xizmatlar bozorida oqilona qarorlar qabul qilish malakasini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va bank xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida butun rеspublika bo‘ylab “Ochiq darslar” tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirlarda 20 dan ortiq tijorat banklari faol ishtirok etayotganini kuzatish mumkin.

Jumladan, “O‘zmilliybank” AJ mas’ul xodimlari tomonidan Rеspublikamiz hududidagi 17 ta umumta’lim maktabida 500 ga yaqin o‘quvchi uchun “Oqilona jamg‘arish va mas’uliyatli qarz olish” mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu tashabbuslar yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni jamg‘arish, moliyaviy rеjalashtirish hamda mas’uliyat bilan qarz olishga o‘rgatish orqali o‘z moliyaviy kеlajagini barpo etishga o‘rgatishi bilan ahamiyatga ega.

“Ўзмиллийбанк” АЖ: “Global Money Week” лойиҳаси доирасида “Очиқ дарслар”

#O‘zmilliybank #GlobalMoneyWeek2025 #GMW2025 #ThinkBeforeYouFollow #WiseMoneyTomorrow #LearnSaveEarn #Finlituz

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU