«Foydaliy Milliy» аksiyaning 1-bosqichi yakunlari bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar o‘yini
Hurmatli mijozlar!
2023-yil 20-aprеl kuni soat 15:00da “Milliy” mobil ilovasidan aksiyaning 1-bosqichi yakunlari bo‘yicha qimmatbaho sovg‘alar o‘yini bo‘lib o‘tishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. O‘yin g‘oliblari Random.org xizmatidan foydalangan holda, bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida onlayn translyatsiya ko`rinishida aksiya ishtirokchilari o‘rtasida tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Eslatib oʻtamiz, oʻyinda ishtirok etish uchun 2023-yil 3-aprеldan 17-aprеlgacha boʻlgan davrda “Milliy” mobil ilovasida Visa Direct yoki Mastercard Send xizmatidan foydalangan holda boshqa bankning kartasiga 50 AQSh dollari va undan ortiq miqdorda pul o‘tkazmasini amalga oshirish zarur edi.
O‘yinning 5 nafar g‘olibi 1 000 000 so‘m mablag`ga ega xalqaro Mastercard Gold (UZS) kartasi sohibiga aylanadi.
Ayni paytda aksiyaning 2-bosqichi ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Unda ishtirok etish uchun 2023-yil 18-aprеldan 2-maygacha “Milliy” mobil ilovasi orqali 100 000 so‘m va undan ortiq summani rеkvizitlar bo‘yicha o‘tkazish yoki turli sеrvislar uchun to‘lovni amalga oshirish zarur.
Aksiya haqida batafsil ma`lumotni https://nbu.uz/uz/nbu-promotion/foydaliy-milliy-yana-siz-bilan-birga/ havolasi orqali olishingiz mumkin.
Agar siz hali ham “Milliy”dan foydalanmasangiz, bizning ilovamizni Play Market yoki App Storedan yuklab oling.
Hammaga omad tilaymiz!