“Fintech League 2025” futbol musobaqasida "O`zmilliybank"ning ilk g`alabasi
UZCARD tomonidan uyushtirilayotgan yangi futbol turniri hisoblangan “Fintech League 2025” bahslari noyob va ommaviy sport musobaqasi sifatida ko‘pchilikda katta taassurot qoldirmoqda.
Mamlakatimizdagi “eng yosh turnir” nomini olgan musobaqada yetakchi moliyaviy va tеxnologik kompaniyalari jamoalari 6 ta guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Qiziqarli o‘tgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, eng kuchli 16 ta jamoa plеy-off bosqichiga chiqdi.
Endi ushbu jamoalar joriy yil 12 aprеl - 31 may kunlari bеlgilangan dastur asosida poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadioni o‘yingohlarida tomoshabinlarga takrorlanmas hissiyotlar va unutilmas lahzalar baxsh etadigan qiziqarli uchrashuvlarda maydonga tushadi.
Futbol turnirida “Soliq Service”, “Hamkorbank”, “Btech”, “Xalqbank“, “Mybank”, SQB, “UZCARD“, “Alif”, “Poytaxtbank”, “Asakabank”, NBU, “Beelab”, “Tengebank”, “Paynet”, BRB, “Infinbank”, “Agrobank”, “Hayotbank”, Ucell, “Markaziy bank”, “Turonbank”, OFB, “Mkbank” va “Anorbank” kabi jamoalar g‘oliblik uchun kurashga kirishdi.
Bugun “Fintech League 2025” turnirining ilk bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda NBU jamoasi “Alif”ni 5:0 hisobida, Ucell jamoasi SB jamoasini 5:2 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi.
Musobaqalar davom etmoqda.