Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Fargʼonada "Talaba EKSPO – 2025" – kasb koʼrgazm...

Fargʼonada "Talaba EKSPO – 2025" – kasb koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi

28.07.2025

Talaba oʼqishni bitirdi? U qaerga ishga joylashadi? Uzoq yillar davomida oliy taʼlim dargohini bitirgan yoshlarni ham va umuman, oʼqishga kira olmagan yigit-qizlarni ham ish bilan taʼminlash jiddiy muammo  boʼlib kelayotgandi. 

Mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida kechayotgan yangilanish jarayonlarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan yoshlarning mehnat bandligini taʼminlashning ishonchli va amaliy tizimini yaratishga muvaffaq boʼlindi. 

Yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularni mehnat bozori talablariga mos ravishda kasbga yoʼnaltirish hamda ish beruvchilar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri muloqot qilishi yoʼlida ilgari misli koʼrilmagan tashabbuslar olgʼa surilmoqda.  

Аna shunday maqsadlarni roʼyobga chiqarishda "Talaba EKSPO  – 2025" kabi koʼrgazmalarning ahamiyati gʼoyat katta boʼlmoqda. Yaqindagina poytaxtimizda Toshkent shahri va Samarqand viloyatida yoshlar uchun “Talaba EKSPO-2025” koʼrgazma-yarmarkasi muvaffaqiyatli oʼtkazilib, ushbu loyiha orqali minglab yoshlarning ishga joylashish, oʼzlarining ilmiy-innovatsion,  biznes loyihalarini hayotga joriy etish, yuqori salohiyatga ega boʼlgan korxona va tashkilotlar, ishlab chiqarish quvvatlarining imkoniyatlari bilan tanishishi uchun zarur platforma boʼlgandi.

Fargʼonada tashkil etilgan "Talaba EKSPO – 2025" kasb koʼrgazmasi ham ana shunday amaliy, foydali va baland ruhda oʼtkazildi. 

Taʼkidlash joiz, mazkur tadbir “Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aktsiyadorlik jamiyati, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fargʼona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi. 

Unda viloyatning turli hududlaridan kelgan yirik ish beruvchi tashkilotlar hamda taʼlim muassasalarini bitirayotgan yoshlar  ishtirok etdi. 

Аytish oʼrinli, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fervaldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʼmaklashish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq, “Oʼzmilliybank” aktsiyadorlik jamiyati hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi  hamkorligida yoshlarning bandligini taʼminlash, oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish boʼyicha keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda. Bunda joylarda tashkil etilgan “Kelajakka qadam” markazlarining ahamiyati eʼtiborga molik. Boisi oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari oʼrtasida sohalar boʼyicha ochiq tanlovlar oʼtkazish va gʼoliblarni ish bilan taʼminlashga koʼmaklashish, salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qoʼyiladigan talablarni shakllantirish, ilgʼor talabalarning biznes gʼoyalarini tayyor  loyihalargacha olib borishda hamrohlik qilish   amaliyoti yoʼlga qoʼyilmoqda. 

“Kelajakka qadam” markazi mutaxassisi Behruz Ostonovning taʼkidlashicha, ushbu koʼrgazma davomida ishtirokchi yoshlar ish beruvchi tashkilotlar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri suhbatlashish, oʼzlarining rezyume va loyihalarini taqdim etish imkoniga ega boʼldilar. 

Xususan, Javohir Botirov  ham tadbir davomida oʼzi ishlab chiqqan ishlanmasi bilan qatnashdi.

–  Men yaratgan ilmiy ishlanma  qishloq xoʼjaligi sohasi rivojida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni taʼminlashda oʼziga xos ahamiyat kasb etadi, – dedi Fargʼona Davlat universitetining fizika-matematika fakulьtetining magistranti Javohir Botirov. –  Biz – yoshlar uchun moʼljallangan mazkur tadbir loyihamni keng jamoatchilik eʼtiboriga havola qilish imkonini bergani bilan ahamiyatli boʼldi. 

"Talaba EKSPO – 2025" kasb koʼrgazmasi davomida mutaxassislar tomonidan mahorat darslari ham oʼtkazilib, seminarlar davomidagi kasbiy maslahatlar  yoshlarga yangi bilim va koʼnikmalarni berishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bitiruvchilarning tashabbus va gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlashga xizmat qilgan tadbir davomida  “Kelajakka qadam” markazi bilan birgalikda oliy taʼlim dargohlari bitiruvchilarining biznes loyihalari taqdimoti ham boʼlib oʼtdi.

Koʼrgazmada 300 dan ortiq ish beruvchi kompaniyalar tomonidan 2000 dan ortiq boʼsh ish oʼrinlari  taqdim etildi. 9 ta oliy taʼlim muassasasi oʼz stendi bilan qatnashdi. 16 ming nafardan ziyod bitiriruvchilar tadbirda bevosita ishtirok etib, ularning 1 ming 732 nafarining ish oʼrinlari aniqlandi. 187 nafar yosh tadqiqotchining esa biznes loyihalari taqdim etilib, tadbirkorlikka yoʼnaltirildi.

Bir soʼz bilan aytganda, bunday loyihalar oʼzining ijtimoiy ahamiyati, taʼlim, ishlab chiqish, fan va biznes oʼrtasidagi oʼzaro uygʼunlikni taʼminlash, yoshlarni ishga joylashishi uchun amaliy koʼmak koʼrsatishda yangi imkoniyatlarni ochayotgani bilan dolzablik kasb etdi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU