Faol bo‘lmagan bank kartalari "Harakatsiz hisobraqam" holatiga o‘tkaziladi
Oxirgi 12 oy davomida hech qanday operatsiya amalga oshirilmagan bank kartalari "Harakatsiz hisobraqam" holatiga o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
Ushbu chora quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
Firibgarlik operatsiyalarining oldini olish;
Moliyaviy xatarlarni kamaytirish;
Mijozlarning mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash.
Kartaning "Harakatsiz hisobraqam" holatiga o‘tkazilishi karta orqali operatsiyalar o‘tkazishning vaqtincha cheklanishini anglatadi. Xizmatni qayta tiklash uchun Bank ofisiga murojaat qilishingiz lozim.
Bank kartalaridan foydalanishni rejalashtirganingizda ushbu ma’lumotni inobatga olishingizni so‘raymiz.
Aloqa markazi:
1344; (78) 148-00-10