Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro Dilmurod Abdul...

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro Dilmurod Abdullayev nomidan e’lon qilingan post yuzasidan “O‘zmilliybank” AJning rasmiy munosabati

11.11.2024

Fuqaro Dilmurod Abdullayevning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan posti yuzasidan o‘rganishlar olib borildi va quyidagilar aniqlandi.

“O’zmilliybank” AJ Namangan Amaliyot bank xizmatlari markazi mijozi bo‘lgan fuqaro Sobitov Ulug’bek 2024 yil 11 noyabr kuni soat 09:18 da bankka kеlib, plastik karta masalasi bo’yicha murojaat qilgan. Haqiqattan ham fuqaro murojaat qilgan vaqtda bank xizmatlari ko’rsatish markazida mijozlar soni ko’p bo’lganligi sababli ko’p vaqt kutib qolgan. Mijozga bank tomonidan o‘z navbati bilan xizmat ko’rsatilgan va yangi plastik karta ochib berilgan. Lеkin fuqaro o‘z navbati kеlguncha kutmasdan Dilmurod Abdullayev nomi bilan ijtimoiy tarmoqda navbatning cho‘zilganligi haqidagi postni qoldirgan.

Shuningdek, ushbu mijozga murojaat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va O’zmilliybankning Milliy ilovasi orqali amalga oshirilishi mumkin bo’lgan to’lov va amaliyotlar, ilova orqali masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanish tartibi tanishtirib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Namangan Amaliyot bank xizmatlari markazida mijozlarga elektron navbat tizimi orqali xizmat ko’rsatib kelinmoqda va tizim ishchi holatda ekanligini ma’lum qilamiz.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU