DAVLAT RAQOBAT QO'MITASIDA “ERNST & YOUNG” KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI
Joriy yilning 10 iyun kuni Davlat raqobat qo'mitasida rais Davron Xidoyatov “ERNST & YOUNG” kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha amaliyotchi maslahatchilar rahbari Kseniya Babushkina boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.
O'zaro muloqot chog'ida investitsiya muhitini takomillashtirish hamda kichik biznes va o'rta biznes raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida D. Xidoyatov tomonidan Qo'mitaning keng ko'lamli faoliyati haqida ma'lumot berildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda xususiylashtirish va davlat mulkini boshqarish jarayoniga chet el sarmoyasi va investorlari hamda menejerlarini jalb qilishga, shu munosabat bilan bu jarayonlarda xalqaro talab va tamoyillar asosida ish yuritishga katta e'tibor qaratilmoqda, yirik dasturlar amalga oshirilmoqda. Bunda albatta, xalqaro nufuzga, professional malaka va tajribaga ega tashkilotlar bilan hamkorlik muhim o'rin tutishi tabiiy.
Shuningdek, “ERNST & YOUNG” kompaniyasi vakillari tomonidan kompaniya to'g'risidagi ma'lumoti taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida Davlat raqobat qo'mitasi bilan “ERNST & YOUNG” kompaniyasi o'rtasidagi o'zaro aloqalar yo'nalishlari haqida fikrlashib olindi.
Davlat raqobat qo'mitasi matbuot xizmati.