“Chorvoq Darvozasi” mehmonxonasi ochildi
Yangi yil arafasida Bo‘stonliq tumanida yangi xalqaro darajadagi “Chorvoq Darvozasi” mehmonxona majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimi mamlakatimizning turistik va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirishda muhim voqea bo‘lib, tog‘larda qulay dam olishning yangi davrini boshlab berdi.
Loyiha O‘zbekiston Milliy banki investitsiyalari asosida amalga oshirildi. Qurilish ishlari “Discover Invest” kompaniyasi tomonidan bajarildi.
Xalqaro darajadagi zamonaviy kurort
“Chorvoq Darvozasi” mehmonxonasi 5 toifaga mansub 131 ta xonadan iborat. Xonalar zamonaviy dizayn va tabiiy estetik unsurlar uyg‘unligida bezatilgan bo‘lib, qulaylik, funksionallik va ilhomlantiruvchi manzaralarni birlashtiradi.
Mehmonlar uchun quyidagi xizmatlar mavjud:
“Daryo” restorani — 130 o‘rinli, xalqaro taomlar va tog‘lar bag‘ridagi go‘zal panorama uyg‘unlashgan maskan;
Lobby bar — ichimliklar assortimenti, xushbo‘y qahva va yengil tamaddilar;
Garden Bloom Spa — fin saunasi, turk hammomi, fitnes zali va isitiladigan ochiq basseyndan iborat bo’lgan sog‘lomlashtirish majmuasi;
Bolalar va oilaviy hordiq zonasi — bolalar o‘yin xonasi, karaoke, kompyuter o‘yinlari hamda ochiq maydondagi dam olish hududi.
Mehmonxona majmuasi mehmonlarga faol dam olish, sokin muhit va yuqori servis uyg‘unlashgan to‘liq “lifestyle” tajribasini taqdim etadi.
Turizm kelajagiga sarmoya
Loyiha vakillarining ta’kidlashicha, “Chorvoq Darvozasi” davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi strategik hamkorlik mahsulidir. O‘z navbatida, O‘zbekiston Milliy banki mamlakat mehmonxona sohasini rivojlantirishga, ichki turizmni qo‘llab-quvvatlashga va xorijiy sayyohlarni jalb etishga xizmat qilayotgan loyihalarga hissa qo‘shib kelmoqda.
Majmuani boshqarish FT Hotels Group — O‘zbekiston mehmonxona biznesidagi yetakchi boshqaruv kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda dunyoning yirik mehmonxona kompaniyalaridan biri bo‘lgan Wyndham Hotel Group litsenziyasini jalb etish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi hamda mazkur mehmonxona Wyndham Garden savdo belgisi ostida faoliyat yuritmoqda.
“Biz zamonaviy qulayliklar va tabiat uyg‘unligini mujassam etgan loyiha yaratdik”, — dedi “Chorvoq Darvozasi” mehmonxonasining bosh menejeri Mehmet Agilli, — “Mazkur majmua O‘zbekiston turizm salohiyatiga ishongan, nufuzli hamkorlar bilan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasidir.”
“Chorvoq Darvozasi” loyihasi xususiy tashabbuslar, xalqaro standartlar va davlat qo‘llab-quvvatlovi umumiy natijaga — jahon darajasidagi yangi turistik mahsulotni yaratishga xizmat qilishi mumkinligining yaqqol namunasiga aylandi.