Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Chorvoq Darvozasi aksiyasi yakunlandi: kalitlar to...

Chorvoq Darvozasi aksiyasi yakunlandi: kalitlar topshirilishi va avtomobil yutug‘i

30.12.2025

Yangi yil arafasida Chorvoq Darvozasi turar joy majmuasida O‘zbekiston Milliy banki va Dream City developer ishtirokida 25.10.2025-yilda boshlangan aksiya yakunlariga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida kvartira egalariga kalitlar topshirildi — bu to‘liq tayyor uyda yangi hayot boshlanishining ramziy onidir. Dasturining markaziy voqeasi esa kvartira egalari o‘rtasida BYD Champion avtomobilining yutuqli o‘yini bo‘lib, u aksiya yakunining yorqin finali va kechaning eng muhim voqeasiga aylandi.

Bank ikkinchi o‘yinning g‘olibi— A.A. (aksiyada qoidalariga muvofiq faqat bosh harflar keltirilgan) ni tabriklaydi. U “BYD Song Plus DM-i UzPride” avtomobilining egasi bo‘ldi.

Chorvoq Darvozasi — to‘liq amalga oshirilgan, kadastri rasmiylashtirilgan tayyor loyiha hisoblanadi. Barcha xonadonlar huquqiy jihatdan to‘liq rasmiylashtirilgan bo‘lib, egalarga hech qanday kutish va qo‘shimcha jarayonlarsiz topshiriladi. Uy-joylar tayyor ta’mir bilan taklif etiladi, bu esa darhol ko‘chib kirish, yashashni boshlash yoki ko‘chmas mulkni investitsiya maqsadida foydalanish imkonini beradi.

Loyihada maydoni 24 kv.m dan 142 kv.m gacha bo‘lgan, tog‘larga qaragan manzarali kvartiralar taqdim etilgan. Rejalarning xilma-xilligi yakka yashash uchun ham, oilaviy format uchun ham eng maqbul variantni tanlash imkonini beradi.

Chorvoq Darvozasi infratuzilmasi kundalik qulaylik va dam olishga yo‘naltirilgan. Hududda 800 kv.m dan ortiq yopiq bolalar maydonchasi, obodonlashtirilgan sayr yo‘laklari, servis va tijorat obyektlari mavjud. Loyiha tarkibida jahon darajasidagi mehmonxona faoliyat yuritadi, shuningdek Papa John’s, KFC, Costa Coffee, Bon va boshqa mashhur xalqaro hamda mahalliy brendlar taqdim etilgan. Bundan tashqari, yerusti va yerosti avtoturargohlar, 24/7 qo‘riqlash va videokuzatuv tizimi mavjud bo‘lib, bu tog‘larning toza havosi va panoramali manzaralar bilan uyg‘unlashgan holda yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikni ta’minlaydi.

Xaridorlar uchun qulay xarid shartlari ko‘zda tutilgan:
15 yilgacha 18% stavkada kredit;
24 oylik foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati.

Xarid formatlari shaxsiy yashash uchun ham, investitsiya maqsadlari uchun ham mos keladi.

Chorvoq Darvozasi’dagi yakuniy tadbir loyiha egalari va mehmonlari uchun muhim voqea bo‘ldi. Bugun — tog‘larda joylashgan tayyor kvartirani tanlash va rivojlanishda davom etayotgan, o‘z rezidentlari uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan loyihaning bir qismiga aylanish uchun ayni fursat.

 

Aloqa ma’lumotlari:

Savdo ofisi manzili:

Furqat ko‘chasi, “Tashkent City” XIM, 1-blok, Toshkent, O‘zbekiston

Chorvoqdagi savdo ofisi: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani,
MFY Xo‘jakent. Chorvoq Darvozasi.

Veb-sayt: nbu.uz; dreamcity.uz

Telefon: +998 71 202 22 22

Instagram: @dreamcity.uz

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU