“BEREJLIVOST'” XIChK ning telegram ijtimoiy tarmog‘idagi murojaati bo‘yicha qoldirgan postiga “O‘zmilliybank”AJ ning RASMIY MUNOSABATI
“BEREJLIVOST'” XIChKga “O‘zmilliybank” AJ Bektemir filiali tomonidan 2017 yilda, 2018 yilda uzoq muddatli kredit shartnoma bo‘yicha qattiq maishiy chiqindilarni tashish saralash va qayta ishlash faoliyatlari uchun kredit mablag‘lari ajratilgan. 2019 yildan boshlab ushbu ajratilgan kredit shartnoma majburiyatlari AJ Uzmilliybank Malikrabot filialiga yon berish shartnomaga asosan o‘tkazilgan. Bankning Malikrabot filiali tomonidan ushbu sohani rivojlantirishga 2020 yilda tegishli shartnomaga asosan yana kredit ajratilgan.
Lekin, yuqoridagi kredit shartnomalari shartlari “BEREJLIVOST'” XIChK tomonidan buzilganligi sababli bank tomonidan shartnoma shartlarini o‘z muddatlarida to‘liq va sifatli bajarish bo‘yicha bir necha marotoba ogohlantirish xatlari yuborilgan.
Bundan tashqari, bank tomonidan o‘tkazilgan monitoring jarayonida “BEREJLIVOST'” XIChKning boshqa tashkilotlar (tijorat banklari) oldida ham bir qancha majburiyatlari borligi aniqlangan va ushbu holatlar bo‘yicha ham mijozga ogohlantirish xatlari yuborilgan.
Imzolangan kredit shartnomalar shartlarida ko‘rsatilgan majburiyatlarni o‘z muddatlarda bajarilishini ta'minlash uchun “BEREJLIVOST'” XIChKni Savdo Sanoat Palatasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasiga xat orqali murojaat qilinib, majburiyatlar bajarilmagan takdirda ajratilgan kredit shartnomasi bekor kilinishi mumkinligi tug‘risida sudga da'vo arizasi kiritish hakida xat jo‘natilgan.
Bugungi kunda “BEREJLIVOST'” XIChKning bank oldida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud.
Kredit shartnomalari va boshqa ikki tomonlama tuzilgan shartnomalar shartlarida “BEREJLIVOST'” XIChKga tegishli maxsus axlat tashish texnikalarini bank hududiga keltirish, saqlash kelishilmagan bo‘lsada, korxona tomonidan maxsus axlat tashish texnikalarini o‘zboshimchalik bilan bank binosi oldiga keltirib qo‘yilgan.
Bank mijozi “BEREJLIVOST'” XIChK tomonidan kredit olish va boshqa holatlar bo‘yicha bankka yuborilgan murojaatlar bo‘yicha O‘zmilliybank AJ Navoiy viloyat filiali hamda Malikrabot filiallari xodimlari tomonidan berilgan savollariga hamda arizalariga tushuntirishlar berilib kelinmoqda.
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati