“Bankir kundaligi” kanalidagi “Takroriy tahlil” nomli maqolaga munosabat
Avvalombor, telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Bankir kundaligi” kanaliga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ushbu kanal orqali barcha bank mijozlariga, bank xizmatlari iste'molchilariga zaruriy axborotlar, xabarlar tezkorlik bilan yetkazilib kelinmoqda, biz bu yo‘nalishda birga, hamkorlikda ish olib boramiz.
Bugungi kunda koronovirus pandemiyasi sababli karantin holatida bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar hamda boshqa bank xizmatlari iste'molchilaridan juda ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda.
Mijozlardan bo‘layotgan ushbu murojaatlarga tezkorlik bilan javob berilishini tashkil qilish maqsadida, bank iste'molchilari murojaatlarini elektron ko‘rinishda support@nbu.uz xizmati va Aloqa markazining (78) 148 00 10 telefon raqamiga qo‘shimcha ravishda yana 6 ta telefon raqamlari orqali ham qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
Bu haqda bankning veb-saytida (www.nbu.uz) joriy yil 1 aprelda tegishli xabar berildi.
"O‘zmilliybank" AJ aloqa markazining qo‘shimcha telefon raqamlari:
• (+998) 933-807-888;
• (+998) 933-827-888;
• (+998) 933-837-888;
• (+998) 933-897-888;
• (+998) 933-835-505;
• (+998) 933-875-505.
Mijozlarimizning bank faoliyati bilan bog‘liq barcha murojaatlari yuqorida keltirilgan elektron manzil va telefon raqamlar orqali qabul qilinishini hamda tegishli javoblar berilishini ma'lum qilamiz.