Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
“Bankir kundaligi” kanalida e`lon qilingan maqolag...

“Bankir kundaligi” kanalida e`lon qilingan maqolaga MUNOSABAT

09.11.2019

Axborot texnologiyalari rivojlanib borayotgan davrda barcha xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar iqtisodiy samardorlikni ta`minlash, moliyaviy barqaror faolligini saqlab borish uchun zaruriy tadbirlarni amalga oshiradi.

O`zmilliybankni raqamli bankka transformatsiya qilish, bank xizmatlari tezkorligi va sifatini oshirish maqsadida mavjud bank texnologiyasi tizimini zamonaviy dasturiy ta`minotlar va texnik uskunalar bilan ta`minlash, masofaviy xizmat turlarini ko`paytirish, xizmat ko`rsatish markazlari tarmoqlari kengaytirilmoqda.

Maqolada Bankning Shahrixon va Qo`rg`ontepa filiallarini Andijon bo`limiga, Marg`ilon filialini Farg`ona bo`limiga, Kattaqo`rg`on filialini Samarqand bo`limiga, Olmaliq va Chirchiq filiallarini Toshkent viloyati bo`limiga va Xiva filialini Urganch bo`limiga birlashtirilyotganligi va bugungi kunda ishlab kelayotgan xodimlarning ish bilan ta`minlanishi qanday bo`lishi qayd qilib o`tilgan.

Bankning ushbu filiallari faoliyati tahlil qilinib iqtisodiy samaradorligi kam hamda operatsion xarajatlar miqdori yuqori bo`lgan filiallar faoliyati qayta ko`rib chiqilib viloyat bo`limlariga birlashtirilmoqda.

Ushbu filiallar joylashgan tumanlarning aholi gavjum bo`lgan hududlarida kamida 2 tadan bank xizmatlari markazi faoliyati yo`lga qo`yiladi.

Bank xizmatlari markazlarida tadbirkorlik subyektlari hisob raqamlariga to`liq xizmat ko`rsatish, ularning loyihalarini moliyalash, yangi chakana bank mahsulotlarini taqdim qilish davom ettiriladi hamda aholi uchun qulay bo`lgan zamonaviy avtomatlashtirilgan to`lov uskunalari bankomat, infokiosklar va boshqa zamonaviy uskunalar bilan ta`minlanadi.
Birlashtirilayotgan filiallarda ishlab kelayotgan xodimlar malakasini oshirish, qayta o`qitish va yangi chakana bank mahsulotlari bo`yicha ularni ixtisoslashtirgan holda tashkil qilinayotgan markazlarda ish faoliyatlarini davom qildirish ishlari amaldagi mehnat qonunchiligi talablari doirasida olib boriladi.

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU