Aziziz yurtdoshlar! "O‘zmilliybank"AJ jamoasi Sizlarni Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi
24.05.2020
Butun dunyo musulmonlari qatori, yurtdoshlarimiz ham bu oyda toat-ibodatlar bilan band bo‘ldi. Shu muborak kunlarda qilingan ezgu duolar ijobat bo‘lsin. Nuroniy otaxon-onaxonlarimiz, aziz farzandlarimiz hamisha omon bo‘lishsin. Ramazon oyida qalblarimizga ingan sakinat va imon yil bo‘yi bizni tark etmasin.
Alloh xalqimizni keyingi hayit bayramlariga sog‘-omon yetkazishini chin dildan so‘raymiz. Butun dunyodagi bugungi vaziyat barqarorlashib, kasalliklar chekinsin. Zero, ko‘pchilikning duosida xayr bor. Bugun yurakdan qilingan duolar ijobat bo‘lib, xalqimiz yana bayram va sayillarda, tantanalarda yorug‘ yuz bilan birlashishi nasib etsin.
Hayotda ezgu va savob amallarga shoshgan, dinu diyonati, imon-e'tiqodi yetuk aziz vatandoshlar! Sizlarni muborak ayyom bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy hotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu barokat tilaymiz. Jonajon Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yanada jipslashib, birdamlik va ahillikda faol mehnat qilaylik.