Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquq...

Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi

13.05.2014

     Joriy yilning 14 may kuni Milliy matbuot markazida Davlat raqobat qo'mitasi va Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan joriy yil 7 maydan kuchga kirgan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi, mazmuni va mohiyatini tushuntirishga bag'ishlangan matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.
     Unda Qonunining maqsadi, uning zaruriyati, mazmuni va mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ma'ruzalar tinglandi.
     Tadbirda ta'kidlanganidek, Qonunda nazarda tutilgan asosiy yangiliklar, aksiyadorlik jamiyatlarini ochiq va yopiq shakllarga bo'lishni bekor qilinishi, aksiyadorlik jamiyati ustavida aks ettirilishi lozim bo'lgan majburiy me'yorlar ro'yxatini qisqartirilishidir. Shu bilan birga, aksiyalarning nominal qiymatini maksimal miqdorini belgilanishi 5000 so'm, aksiyalarga ochiq obunaning birja va qimmatli qog'ozlarning birjadan tashqari bozorida o'tkazilishi, shu qatorda, chiqarilishi amalga oshirilgan deb tan olinishi uchun yuqorida ko'rsatilgan bozorda joylashtirilishi lozim bo'lgan aksiyalarning eng kam miqdorini 60 dan 30 foizgacha kamaytirilishi hamda aksiyadorlarning umumiy yig'ilishiga nisbatan minimal talablarni kamaytirilishi 60 dan 50 foizgacha va takroran chaqirilganda esa 40 foizgacha deb belgilandi

UzReport 14.05.2014

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU