“30 yil birgamiz ” aksiyasining qimmatbaho sovg‘alari oraliq o‘yinini o‘tkazish to‘g‘risida
2021 yil 21 dekabr soat 15:00 da “30 yil birgamiz” aksiyasining navbatdagi oraliq o‘yini bo‘lib o‘tadi.
O‘yin jonli efir formatida Bankning Instagramdagi rasmiy sahifasida (https://www.instagram.com/nbu.official/) bo‘lib o‘tadi va unda biz o‘yinning 4-bosqich g‘oliblarini aniqlaymiz.
Ushbu bosqichda ishtirok etish uchun 2021 yilning 10 dekabridan 18 dekabrigacha bo‘lgan vaqt oralig`ida Milliy mobil ilovasi orqali «Sbеrbank onlayn» yoki «Zolotaya korona» tizimlaridan pul o‘tkazmalarini qabul qilishlari zarur edi.
Hammaga omad tilaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib, natijalarni birinchilardan bo'lib bilib oling!