Топ рейтинг www.uz
Bosh sahifa
/
Yangiliklar
/
2022 yil 30 sentyabr kuni “Muxbir Daliev” telegram...

2022 yil 30 sentyabr kuni “Muxbir Daliev” telegram kanalida yoritilgan maqola yuzasidan rasmiy munosabat

30.09.2022

2022 yil 30 sentyabr kuni “Muxbir Daliev” telegram kanalida eʼlon qilingan maqolada Ism sharifi oshkor etilmagan fuqaro "O‘zmilliybank" AJ Andijon viloyati filiallarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelib tushgan naqd pul mablag‘larini olish, shаxobchalar orqali naqd xorijiy valyuta, yaʼni AQSh dollarini xarid qilish va xalqaro plastik kartalardan naqd xorijiy valyuta, yaʼni AQSh dollari yechish uchun mijozlar tomonidan navbatlar kelib chiqayotganidan norozi bo‘lib, eʼtiroz bildirgan.

Hozirgi kunda fuqarolar tomonidan xalqaro pul o‘tkazmalari, valyuta ayirboshlash amaliyotlari va xalqaro plastik kartalar orqali naqd chet el valyutasi yechishga talab ortib boratyogani sababli, bank filiallarida mijozlar oqimi ko‘paygan hamda ayrim hollarda ko‘p sonli navbatlar yuzaga kelmoqda.

Maʼlum qilamizki, joriy yilning 29-30 sentyabr kunlari bankning Andijon viloyati Amaliyot bo‘limi xalqaro pul o‘tkazmalari va valyuta ayirboshlash shaxobchalari tomonidan 600ga yaqin mijozlarga xizmat ko‘rsatilgan.

“O‘zmilliybank” AJning barcha filiallarida, shu jumladan, Andijon viloyati filiallarida ham mijozlar talabidan kelib chiqqan holda, shuningdek Bankning chet el valyutasidagi naqd pul qoldig‘iga qarab, xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelgan pul mablag‘lari mijoz hoxishiga ko‘ra milliy valyuta yoki AQSh dollarida hech qanday cheklovlarsiz naqd berilmoqda hamda valyuta ayirboshlash shaxobchalari orqali valyuta ayirboshlash amaliyotlari bajarilib, xalqaro plastik kartalaridan naqdlashtirib berilmoqda. Bank kassalarida naqd chet el valyuta qoldiqlari kamayganda, muntazam ravishda madad pullari yetkazilmoqda.


                                                                                                                                                                                                                                “O‘zmilliybank” AJ

                                                                                                                                                                                                                                 Matbuot xizmati

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU