E-commerce elektron tijorati

Elektron tijoratning asosiy vazifasi- mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarga xalqaro toʻlov tizimlarining plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni oʻtkazib, oʻz mahsulotini Internet orqali sotish imkoniyati taqdim etish hisoblanadi.

Elektron tijoratga kirish uchun savdo-xizmat korxonasi (SXK) bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:

  • Ariza-xati;
  • Guvohnoma;
  • Rahbar va bosh buxgalterning pasport nusxalari.
  • Bankda quyidagilar rasmiylashtiriladi:
  • Shartnoma va unga boʻlgan ilova;
  • Tranzit hisob-raqamini ochish uchun ariza.

e-commerce.png

Aloqa uchun ma'lumotlar

Xalqaro hujjatli operatsiyalar idorasi

Telefonlar:
+998 71 233-98-94
+998 71 233-47-16
+998 71 233-18-45

Faks:
+998 71 233-58-68

img
Mexanizmi

Oʻzaro taʼsir mexanizmi quyidagicha kechadi: xaridor internet-doʻkoniga kiradi, tovarni tanlaydi va buyurtma yoki xaridni rasmiylashtiradi. Keyin bankning himoyalangan sahifasiga yuboriladi, u yerda xaridor karta maʼlumotlarini kiritadi va toʻlovni amalga oshiradi. Toʻlov bajarilgandan keyin sotuvchiga toʻlovning mavqei toʻgʻrisidagi xabar keladi:

  • toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirildi;

  • toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilmadi;

  • toʻlovda xatolik roʻy berdi.

Keyin, ish kuni yakunida joriy kunning tranzaktsiyalari inkassatsiya qilinadi, va barcha tranzaktsiyalar Visa Int./MasterCard ga yuboriladi. XTT bilan oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazilgandan keyin savdogar tushgan inkassatsiyani oladi.

Internet-doʻkonni elektron tijoratga ulash boʻyicha yoʻriqnoma

Internet-doʻkonni elektron tijorat tizimiga ulash uchun internet-doʻkonning ishlab chiquvchi-dasturchisi oʻzining tarafidan (internet-saytning dastlabki kodida) plaginni qoʻshishi kerak, plagin avtorizatsiya uchun identifikatsion kalitni terish boʻyicha algoritmdan iborat boʻladi. Identifikatsiya qilish va bankning toʻlov shlyuziga ulanish uchun savdogarga parol, noyob ID va kod beriladi.

Tafsilotlari

Elektron tijorat boʻyicha faoliyat amalga oshirilayotganda savdogar operatsiyani amalga oshirishda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan xavflarni aniq belgilashi zarur. Yaʼni, savdogar oʻz tovar va mahsulotlarini faqat 3D Secure texnologiyasidan foydalanadigan kartalar uchun amalga oshiradimi yoki yoʻqmi. Agar karta 3D Secure tsiklda ishtirok etayotgan boʻlsa, unda savdogarda kelajakda ham bank bilan, ham toʻlov tizimlari bilan nizoli vaziyatlar boʻlmaydi. Agarda karta 3D Secure tsiklda ishtirok etmayotgan boʻlsa, unda mazkur savdogar orqali obroʻsizlantirilgan kartalar boʻyicha cheklangan limitlar oshib ketishi holatida, toʻlov tizimi ekvayyer-bankni monitoring dasturiga va brendni himoya qilish dasturiga kiritib qoʻyishi mumkin.

OʻMBda elektron tijoratga ulanish boʻyicha axborot

Mazkur xizmatga ulanish uchun korxonalar, tashkilotlar, xususiy tadbirkorlar quyida keltirilgan bir qator harakatlarni amalga oshirishi kerak:

Milliy bankning protsessing markazida korxonani (merchantni) roʻyxatga olish tartibi, Visa/MasterCard xalqaro kartalar boʻyicha elektron tijorat xizmatlari va toʻlovlarni oʻtkazish sxemasi.

1. Korxona Milliy bank muassasasiga "Xalqaro toʻlov tizimlari kartalari boʻyicha Internet orqali elektron tijorat xizmatlarini taqdim etish Shartnomasi"ni tuzish uchun murojaat qiladi.

2. Bank muassasasi tuzilgan shartnoma nusxalarini va kerakli hujjatlar paketini OʻMBning protsessing markaziga yuboradi.

3. Protsessing markazi korxona uchun tranzit valyuta hisob-raqamini ochadi va uni roʻxatdan oʻtkazadi. Roʻyxatdan oʻtgandan keyin protsessing markazi korxonaga Merchant_ID va Terminal_IDni, shuningdek, elektron tijorat orqali OʻMB veb-saytining plaginiga ulanish boʻyicha yoʻriqnomani taqdim etadi.

4. Korxona oʻz saytida Visa/MasterCard xalqaro kartalari orqali toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha boʻlimni yaratadi va stsenariyni belgilab qoʻyadi, unga koʻra, Visa/MasterCard kartalarining rekvizitlarini kiritish bosqichida toʻlovchi tomonidan korxonaning sayti OʻMBning saytiga qayta yoʻnaltiriladi. Toʻlovni amalga oshirgandan keyin toʻlovchi korxonaning saytiga qaytadi, u yerda toʻlov mavaffaqiyatli/muvaffaqiyatsiz amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabar aks ettiriladi.

5. Korxonaning tushgan pullarini bank uning valyuta hisob-raqamiga oʻtkazadi. Mablagʻlar oʻtkazilayotganda Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha komission mukofotlarning tarifiga binoan bankning komissiyasi ushlab qolinadi, va natijada korxona pullarni mazkur komissiya chegirilgan holda oladi.

6. Valyuta hisob-raqamidagi mablagʻlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish boʻyicha meʼyoriy va qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.




Oxirgi yangilanish sanasi: 28.05.2020 11:03:43

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2020 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00dan 18:00gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi