Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

Yurtimizda sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga katta ahamiyat qaratilmoqda

28.01.2015 1130

Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini yanada oshirish, uni ishlab chiqarish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmlarini ko'paytirish, shu asosda sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirishni va eksport salohiyatini o'stirishni ta'minlash, shuningdek energiya samaradorligi va energiyani tejash standartlarini iqtisodiyotga yanada samarali joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining  «Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga ko'ra, uyushmalar, aksiyadorlik kompaniyalari va yirik sanoat korxonalari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan, birinchi navbatda energiya resurslari iste'molini qisqartirish va ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni hamda material xom ashyo resurslarini sarflash normalarini, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yo'li bilan ratsionalizatsiya qilish, shu bilan birga, mehnat unumdorligini oshirish, boshqaruv hamda sanoat ishlab chiqarish xodimlari sonini maqbullashtirish va boshqa omillar hisobiga 2015 yilda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini o'rtacha 10 foizga pasaytirish bo'yicha takliflari ilovaga muvofiq ma'qullandi.

Shuningdek, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har chorakda monitoring o'rnatiladi.

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

“O‘zmilliybank” AJ - Dunyoning eng xavfsiz banklari qatorida

01.12.2020

“O‘zmilliybank” AJ Angrenda eksprеss punkt qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

27.11.2020

“O‘zmilliybank” AJ eksprеss punkt qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

27.11.2020

Eko-aksiyamizning birinchi oraliq yutuqli o‘yini g‘oliblari

24.11.2020

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi sahifa yangilanishi: 11.09.2019 19:13

Oxirgi yangilanish sanasi: 01.12.2020 16:32:48

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2020 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.