НБУ в соцсетях:

XVJ jahon iqtisodiyotining o'sish sur'atlari prognozlarini 3,5% ga qadar pasaytirdi

18.04.2012 946

      Jahon iqtisodiyoti ishonchli bo'lmasada, tiklanishda davom etmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg'armasining (XVJ) 'Jahon istiqbollari' nomli yangi ma'ruzasida ta'kidlangan. Uning mualliflari o'z e'tiborlarini Yevropadagi yangi o'ta keskin inqiroz xavfi hamda neft bozorida namoyon bo'layotgan geosiyosiy keskinlik bilan bog'liq xatarlarga qaratmoqdalar.

     'Shu bilan birga navbatdagi inqiroz xavfi juda jiddiy bo'lib, iqtisodi rivojlangan hamda rivojlanayotgan bozor sharoitidagi davlatlarga ham o'z ta'sirini o'tkazishi mumkin ', - deyilmoqda ma'ruzada. Unda xabar berilishicha, XVJ prognozlari bo'yicha dunyo iqtisodiyotining o'sish templari 2011 yildagi 4% ko'rsatkichdan 2012 yilda taxminan 3,5 % ga pasayishi kutilmoqda. Bu esa o'z navbatida 2011 yilning ikkinchi yarimi va 2012 yilning birinchi yarimidagi faollik darajasini pastligidan darak beradi. Ma'ruza mualliflarining qayd etishlaricha, 2011 yilning ikkinchi yarimida AQShda iqtisodiy faollikning o'sishi hamda yevro zonasida qo'llanilgan siyosiy chora – tadbirlar dunyo o'sish templarini keskin pasayish xavfini pasaytirdilar.

     Natijada, iqtisodiyoti rivojlangan yetakchi davlatlarda tiklanishning o'sishi sustligi kuzatilsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa nisbatan barqaror faollik saqlanib qolishi kutilmoqda. Shunga qaramay, erishilgan yutuqlar barqaror emasligi ta'kidlanmoqda.

     'Evropadagi muammolar tufayli iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi iqtisodiy faollik avvalgidek ishonchni oqlamaydi, unga ko'ra 2012 yilda o'sish sur'ati taxminan 1,5%, 2013 yilda 2% ga ortadi', - deyilmoqda ma'ruzada. Unda ta'kidlanishicha, Yevropa davlatlarida ish o'rinlarini yaratish sur'atlari sustligicha qoladi.

     Bozori shakllanayotgan davlatlardagi YaIMning real o'sish ko'rsatchilari 2011 yildagi 6,25% dan 2012 yildagi 5,75% ga qadar pasayishi kutilmoqda. Shundan so'ng 2013 yilda 6% ga qadar jadallashishi kutilmoqda. Buning sababi makroiqtisodiy siyosatning yumshashi hamda tashqi talabning ortishidir.

     Ma'ruzada asosiy e'tibor iqtisodiy siyosat masalalari, shuningdek iqtisodiy o'zgarishlar va istiqbolning tahlillariga qaratilgan.

     Eslatib o'tamiz, odatda ma'ruza yiliga ikki bora Xalqaro valyuta-moliya qo'mitasining yig'ilishi oldidan tuziladi.

UzReport 18.04.2012

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

«O’zmilliybank» AJ tanlov e'lon qiladi

01.07.2020

«O’zmilliybank» AJ tanlov e'lon qiladi

01.07.2020

«O’zmilliybank» AJ tanlov e'lon qiladi

01.07.2020

O‘zbekiston Respublikasi Gerbining 28 yilligi!

27.06.2020

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 02.07.2020 21:23:22

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2020 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00dan 18:00gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi