Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

Xalqaro to‘lov kartalari orqali firibgarlik. Ular qanday ishlaydi va ulardan o‘zingizni qanday himoya qilishingiz mumkin

26.03.2021 32

"O‘zmilliybank" AJ xalqaro to‘lov kartalaridan foydalanib amalga oshirilgan turli xil firibgarlik usullariga duch kelishiga to‘g‘ri keladi. 2021 yilning boshidan boshlab firibgarlikning yangi turi tobora ko‘payib bormoqda, uning qurbonlari O‘zbekiston kartalari egalari bo‘lmoqda. Mazkur maqolada biz Visa va MasterCard xalqaro karta egalarini shu turdagi firibgarlik haqida ogohlantirmoqchimiz.

Bitcoin kriptovalyutasining mashhurlik soyasida turli platformalarda brokerlar nomidan firibgarlar mazkur kriptovalyutani xarid qilish bo‘yicha foydali bitimlarni taklif qilmoqda. Karta egasi firibgarlarning saytida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin undan foydalanuvchining qurilmasiga uchinchi shaxslar kirishiga ruxsat beruvchi «AnyDesk» dasturini o‘rnatish so‘raladi. Karta egasining qurilmasiga kirish uchun to‘liq ruxsatga ega bo‘lib, jinoyatchilar mijozning barcha shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanib, kriptovalyuta bilan savdo qiluvchi platformada ro‘yxatdan o‘tadi. Keyingi bosqichda jinoyatchilar qurbonini firibgarlarning saytida virtual hamyon ochishga ko‘ndiradi, u yerga keyinchalik kriptobirjadan mablag‘lar o‘tkaziladi. Keyin jinoyatchilar karta egasini mablag‘larni kartadan kriptobirja saytiga o‘tkazishga ko‘ndiradi va «AnyDesk»dagi ruxsat orqali kriptobirjada pozitsiyalarni va tovarlarni xarid qilishda mijozning mablag‘laridan foydalanishni boshlaydi. Mijoz katta summa ishlab olgandan keyin, jinoyatchilar undan mablag‘larni ularning saytida ochilgan elektron hamyonga o‘tkazishni so‘raydi. Natijada karta egasi mablag‘larni ushbu hamyondan chiqarib ololmaydi va ularga da’vo qilolmaydi.

Visa va MasterCard HTTning Dispute Resolution da’vo qilish Qoidalariga muvofiq, mazkur holatlarda kriptobirja o‘z majburiyatlarini bajarganligi va mablag‘larni karta egasi ko‘rsatgan hisob-raqamga yoki virtual hamyonga o‘tkazganligi sababli karta egasi mablag‘lariga da’vo qilolmaydi. Tranzaksiyalar uchun kriptobirjada boshqa hech qanday javobgarlik yo‘q.

Shuningdek, karta egalari shaxsiy ma’lumotlarni va karta ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga berish mumkin emasligi, shunchaki zog‘cha qo‘ymasdan, majburiy tartibda foydalanuvchi kelishuvining shartlarini diqqat bilan o‘qib chiqish kerakligi haqida unutmasliklari kerak, chunki bunday holatlarda, Halqaro to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq, tranzaksiyalar uchun javobgarlik to‘liq karta egasiga yuklanadi. Demak, yuqorida ko‘rsatilgan Qoidalarga asosan mablag‘larga da’vo qilish va ularni qaytarish imkoni yo‘q, banklarda brokerlarning xorijiy saytlariga ta’sir etish mexanizmi yo‘q, va vujudga kelgan vaziyatni hal qilish tijorat banklari vakolatlariga kirmaydi.

Xulosa qilib aytganda, karta egalariga O‘zmilliybank internet-saytlar, internet-do‘konlar orqali xizmatlarni xarid qilishda e’tiborliroq bo‘lishni, xarid shartlarini, saytning ommaviy ofertasini o‘rganishni, kartalarga loqayd bo‘lmaslikni va begona odamlarga karta ma’lumotlarini bermaslikni tavsiya qiladi.

1
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

"O‘zmilliybank" AJ Eko-aksiyasining so`nggi oraliq tirajini o'tkazish to'g'risida

09.04.2021

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

09.04.2021

"O`zmilliybank" AJ: korxonalarni qo'llab-quvvatlashda beqiyos hissa

08.04.2021

O‘zmilliybank krеditi o‘z samarasini bеrdi

07.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 09.04.2021 12:18:03

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.