Uchinchi chorakda O'zbekistonga 72,4 mln. dollarga teng 35 ta grant jalb qilindi

10.11.2015

Moliya vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, 2015-yilning uchinchi choragida O'zbekistonga umumiy qiymati 72,4 mln dollarga teng 35 ta grant jalb qilingan.

Xususan, iqtisodiyot, moliya bozori va tadbirkorlikni rivojlantirishga 11,9 mln dollar miqdorida 2 ta grant jalb qilingan. Mamlakatimiz sog'liqni saqlash tizimiga esa umumiy qiymati 21,6 mln dollarga teng 10 ta grant jalb qilingan. Aholini ijtimoiy himoya qilishga 0,7 mln dollarlik 2 ta grant yo'naltirildi.

Bundan tashqari, ta'lim, fan va xodimlarining malakasini oshirish, ularni o'qitish va stajirovka qilishga umumiy miqdori 26,7 mln dollarga teng 9 ta grant jalb qilindi.

Huquqni muhofaza qilish va bojxona organlarini texnik jihozlashga 7,4 mln dollarga teng 2 ta grant, informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirishga 1 mln dollarga teng 1 ta grant jalb qilindi.

Umumiy qiymati 0,4 mln dollarga teng yana 2 ta grant esa ekologiya sohasida amalga oshirish uchun jalb qilindi. O'zbekiston boshqa sohalarga ham 2,7 mln dollarlik yana 7 ta grant jalb qilgan.

 Eslatib o'tamiz, 2015-yilning ikkinchi choragida O'zbekistonga umumiy qiymati 45,8 mln dollarga teng 31 ta grant jalb etilgan edi.

 

 

 

UzReport






So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz