'Tadbirkor ayol' O'zbekiston ishbilarmon ayollari assotsiatsiyasi tomonidan yillik xisobot anjumani o'tkazildi
31.12.2014
2789
Poytaxtimizda “Tadbirkor ayol” O'zbekiston ishbilarmon ayollari assotsiatsiyasi tomonidan “2014 yil- Sog'lom avlod yili” Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish maqsadida amalga oshirilgan loyixalar natijalari bo'yicha yakuniy yillik xisobot anjumanini o'tkazildi.
Ma'lumki, Mustaqillik yillarida, yurtimizda tadbirkorlikka, xususan, ayollar tadbirkorligiga katta e'tibor berilib keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xotin-qizlar tadbirkorligini yanada rivojlantirishni o'z oldiga ezgu maqsad qilib olgan “Tadbirkor ayol” O'zbekiston ishbilarmon ayollari Assotsiatsiyasi ham shu yo'lda Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq xizmat qilib kelmoqda. Hozirgi kunda Assotsiatsiya Respublika bo'yicha 60 dan ortiq hududiy bo'linmalariga, 12 ming nafardan ziyod a'zolariga egadir. Assotsiatsiya yurtimizdagi har bir ayol va qizni biznes sohasiga jalb qilish, tadbirkorlik asoslariga o'qitish, moliyaviy, soliq siyosati, boshqaruv va marketing sohalarida savodxonligini oshirish, ularga iz biznesini ochish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishiga ko'maklashish borasida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, joriy yilda ham Assotsiatsiya “Sog'lom avlod yili” Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bir qator loyihalar amalga oshirildi.
Saliyeva Saida O'zbtkiston ishbilarmon ayollari assotsiatsiyasi biznes maslaxatchisi UzReport AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi.
-Kollejni bitiruvchi qizlarni tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish mavzusidagi loyihasi amalga oshirdi. Ushbu loyiha respublika miqyosida o’tkazilib loyiha doirasida 3 kunlik tadbirlar rejalashtirildi. Tadbirning birinchi kunida kollejni bitiruvchi qizlarga “O’z biznesingni boshla” mavzusidagi seminar trening o’tqazildi. Ikkinchi kun “Tadbirkorlik kuni” deb belgilanib unda qizlarni yutuqlarga erishgan tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida joylarga borildi. Tadbirning uchinchi kunida davra suxbati o’tkazilshi rejalashtirilgan bo’lib unga mutassadi tashkilotlar taklif etilgan.
Shuni ta'kidlab o'tish joizki, mazkur tadbirlar natijasida 100 ga yaqin kollej bitiruvchi qizlar o'zining bo'lajak ish joyini topdi, 50 dan ortiq qizlar esa, o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlashni o'ziga maslak qilib oldi. “Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasining faoliyatini amalga oshirishida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot Vazirligi, Adliya Vazirligi, Moliya Vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat, savdo va investitsiyalar Vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi xotin-qizlar Qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Mikrokreditbank va boshqa qator tijorat banklari, va yana ko'pgina tashkilot va muassasalar bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Shu hamkorlikning natijasi o'laroq, tadbirkor ayollar va ularning izdoshlari soni kundan kunga oshib bormoqda.
UzReport