Kuch ishonchda

Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

SberkassaUz telegram kanalida e'lon qilingan postlar yuzasidan rasmiy munosabat

08.06.2022 1186

1-masala yuzasidan. Fuqaro Satimov Oxunjon Ikromali o‘g‘lining murojaati "O‘zmilliybank" AJ Bosh ofisining murojaatlar bilan ishlash va tegishli biznes tarkibiy tuzilmalari tomonidan nazoratga olinib, o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqildi.

Fuqaro O. Satimov 2022 yil 23 may kuni mikroqarz olish uchun bankka og‘zaki murojaat qilgan. Filial tomonidan fuqaroga mikroqarz olish uchun taqdim etilishi zarur bo‘lgan hujjatlar hamda mikroqarz shartlari to‘g‘risida batafsil tushuncha berilgan. Shundan so‘ng, 24 mayda mikroqarz olish uchun dastlabki hujjatlar filialning kredit bo‘yicha mas'ul xodimiga berilgan.

Ushbu hujjatlar mas'ul xodim tomonidan o‘rganilganda, mikroqarz oluvchiga kafil bo‘lgan fuqaro hujjatlarida aniqlangan kamchilikni bartaraf etish lozimligi tushuntirilgan.

Kamchiliklar bartaraf etilib, mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida kredit bo‘limi mas'ul xodimi ma'lumotlarni tizimga kiritishga ulgurmagan va O. Satimovning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

Natijada, fuqaro O. Satimov SberkassaUz telegram kanali administratoriga ijtimoiy tarmoq orqali holat yuzasidan xabar yo‘llagan.

Filial tomonidan mazkur holat yuzasidan kreditlash bo‘yicha mas'ul xodimga o‘z faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy jazo choralari ko‘rilgan.

Fuqaro O. Satimovning mikroqarz bo‘yicha axborotlari tegishli dasturga kiritilib o‘rganilgan va uning natijalari fuqaroga telefon orqali ma'lum qilingan, qanday hollarda kredit ajratish mumkinligi tushuntirilgan.

Fuqaro O. Satimov telefon orqali bo‘lgan suhbat davomida "O‘zmilliybank" AJ xodimlariga bugungi kunda e'tirozi mavjud emasligini aytib, murojaati o‘rganib chiqilganligi to‘g‘risida, SberkassaUz telegram kanali administratoriga ma'lum qilganligini bildirgan.

2-masala yuzasidan. "O‘zmilliybank" AJ Matbuot xizmati o‘z mijozlari bilan doimiy ravishda aloqani ushlab turishga harakat qiladi. Bankning @nbu_uzbot - telegram boti faqatgina Bank haqida ma'lumot olish uchun ishlatiladi.

Murojaatlar uchun telegram tarmog‘ida @nbusupportbot telegram boti mavjud bo‘lib, bundan tashqari murojaatlar va ma'lumotlar uchun quyidagi muqobil aloqa kanallari mavjud:

- Aloqa markazi (78 148-00-10, (dushanba-juma kunlari 9:00 dan 21:00 gacha, shanba va yakshanba kunlari 9:00 dan 18:00 gacha); 

- Ishonch telefoni (78 147-15-04, dushanba-juma kunlari 9:00 dan 18:00 gacha);

- Elektron pochta orqali:

- jismoniy shaxslar uchun - support@nbu.uz

- korporativ murojaatlar uchun - info@nbu.uz va webmaster@nbu.uz.

- Ijtimoiy tarmoqlar orqali:

https://www.facebook.com/uznbu

https://www.instagram.com/nbu.official/

Bundan tashqari, "O‘zmilliybank" AJ rasmiy aloqa kanallari va sahifalariga hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan barcha savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib boradi va hech qaysi murojaatni e'tiborsiz qoldirmaydi.

2021 yil davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan 15 ta murojaatlarning har biriga munosabat bildirilgan va Bankning rasmiy saytiga joylashtirilgan.

2022 yil 1 iyun holatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan 8 ta murojaatga to‘liq javob berilgan va Bankning rasmiy saytida ushbu munosabatlar joylashtirilgan.

"O‘zmilliybank" AJ Matbuot xizmati ham o‘z vakolatlari doirasida faoliyatini amalga oshirmoqda.

3-masala yuzasidan. 

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 5 noyabrdagi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-580-son Qonunining 8-moddasida “Banklar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda mustaqil” ekanligi hamda 62-moddasida “Kreditlar, depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanishi” qayd etilgan.

“O‘zmilliybank” AJning tegishli kollegial organi qaroriga asosan, naqd pulni inkassasiya qilish, saralash, o‘rab bog‘lash xarajatlarini qisman qoplash uchun bank kassalarida o‘rnatilgan terminallar orqali naqd pul mablag‘larini olishda barchaga bir xil tartibda bank xizmati tarifi o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, "O‘zmilliybank" AJda barcha rasmiy aloqa kanallari orqali kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ko‘rib chiqilishi doimiy nazoratga olinganligini ma'lum qilgan holda murojaatlar bo‘yicha yuqorida keltirilgan rasmiy aloqa kanallari orqali murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz.

Bank xizmatlari sifatini yanada yaxshilashda Sizning ko‘magingiz biz uchun muhim.

4
1



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

Hurmatli "O‘zmilliybank" AJ mijozlari

"O‘zmilliybank" AJ Surxondaryo viloyatida prеss-tur tashkil etdi

“Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi

Ishbilarmonlik markazi – aholi xizmatida

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 23.04.2024 10:55:40

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

Mavzular ro'yxatiga qaytish


Правила выдачи кредитов частным лицам
Определение кредитоспособности заемщика
1.1. При выдаче кредита частному лицу банк проводит анализ кредитоспособности заемщика.
1.2. Кредитоспособность заемщика определяется на основании его финансовой и кредитной истории, а также текущей финансовой ситуации.
1.3. Для определения кредитоспособности могут быть использованы следующие критерии
Условия выдачи кредита
При выдаче кредита частному лицу банк устанавливает следующие условия:

  • сумма кредита;
  • процентная ставка;
  • срок погашения кредита;
  • график платежей

Javob qanchalik foydali bo'ldi?

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

O‘zmilliybankning yordam stoli


Qiziqarli mavzuni tanlang

Kartani blokdan chiqarish uchun karta ochilgan filialga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etishingiz lozim.
Uzcard kartasi sms xabarnomasi bankomat orqali yoqish mumkun. Humo kartasining sms xabarnomasi karta ochilgan filial orqali yoqiladi.
Milliy va xorijiy valyutadagi barcha kartalarga Milliy ilova yordamida masofadan turib buyurtma berishingiz mumkin.
  • Agar Siz kartangizning PIN-kodini unutgan bo’lsangiz karta ochilgan bank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz lozim.
  • Kartangiz (UzCard/HUMO) yo’qolganda bankning “Milliy” ilovasi orqali o’zingiz bloklashingiz yoki bankning (78) 148- 00 10 raqamiga qo’ng’iroq qilib operatorlardan kartani bloklashini so’rashingiz mumkin.
Identifikatsiya qilish jarayoni masofadan turib, bevosita Milliy ilovasining o‘zida amalga oshiriladi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida yuqori chap burchakdagi photo_2023-04-28_11-16-22.jpg belgini bosing va menyudan "Identifikatsiya" opsiyasini tanlang va uning barcha bosqichlaridan o'ting.
  • Milliy ilovada ro’yhatdan o’tgan raqamni o’zgartirish uchun o’zingizga qulay bo’lgan O’zmilliybank filialiga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz mumkin.
  • Elektron hamyon- pul mablag’larni saqlash, shuningdek, hisobiga yoki bank kartasiga ilova orqali pul o’tkazish imkonini beruvchi tizim.
  • Parolni tiklash orqali “maxfiy savolga javob”ni kiritasiz.
Milliy bankda hozirda “Western Union”, “MoneyGram”, “Золотая Корона”, “Asia Express”, “Contact”, “Юнистрим”, “Swift” hamda “Сбер Банк” xalqaro pul o’tkazmalari mavjud.
Milliy mobil ilovasi foydalanuvchilari Rossiyadan pul o‘tkazmalarni "Sberbank onlayn" servisi yordamida milliy valyutadagi elektron hamyonga, Milliy bankning UzCard yoki HUMO kartasiga olishi mumkin.

O‘tkazma rublda amalga oshiriladi- elektron hamyonga yoki kartaga kelib tushishida u avtomatik tarzda so‘mga konvertatsiya qilinadi. Qo’shimcha komissiyalar undirilmaydi.
  • Visa Direct - “Milliy” mobil ilovasi orqali dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga, shu jumladan O'zbekiston banklarining Visa kartalariga mablag' yuborish xizmati hisoblanadi.
  • shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat
  • o’tkazma nazorat raqami
  • jo’natuvchining ism Sharifi
  • jo’natuvchining mamlakati
  • kutilayotgan pul miqdori
  • NBFAUZ2X
O'zmilliybank omonatlarini “Milliy” ilova orqali masofadan ochish, to’ldirish va mustaqil monitoring qilish imkoniyatlarii mavjud.
  • Omonatingizni tasarruf etish huquqini uchinchi shaxsga berish uchun Notarial idora orqali tasdiqlangan ishonchnoma bo’lishi lozim.
  • Yo’q. Onlayn omonat ilova orqali yopiladi.
  • Kapitalizatsiya bu hisoblangan foizlarni omonatning asosiy summasiga qo’shish.
  • Ularda pul mablag’lari uchun qat’iy belgilangan muddat mavjud emas va omonatchi istalgan vaqtda o’z mablag’larini olishi mumkin.

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish