SAVDO VA SANOAT BO'YICHA O'ZBEK-BRITANIYA KENGASHINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

18.11.2016

Joriy yilning 17 noyabr kuni Xalqaro biznes markazda Savdo va sanoat bo'yicha O'zbek-Britaniya Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda Savdo va sanoat bo'yicha O'zbek-Britaniya Kengashi hamraisi  Barbara Xey, Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kristofer Allan va boshqalar ishtirok etdilar.

Bo'lib o'tgan yig'ilishda sog'liqni saqlash, ta'lim, turizm va iqtisodiyotning boshqa sohalarida  investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Davlat raqobat qo'mitasi raisi Davron Xidoyatov O'zbekistonda qabul qilingan xususiylashtirish dasturi to'g'risida, shu jumladan bugungi kunda xorijiy investorlarni jalb etish, xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish hisobiga  xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan o'zgartirish borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida batafsil gapirib berdi.

Shuningdek, yig'ilish ishtirokchilari e'tiboriga korporativ boshqaruv sohasida  amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlar havola qilindi.

Bo'lib o'tgan tadbir yakunida, tomonlar Savdo va sanoat bo'yicha O'zbek-Britaniya Kengashi har ikkala mamlakat o'rtasida  savdo-iqtisodiy munosabatlarning samarali mexanizmi bo'lib xizmat qilayotgani e'tirof etdilar.

Manba:  gkk.uz






So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz