Kuch ishonchda

НБУ в соцсетях:

Respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yana 433 ta korxona ro'yxatga olindi

25.01.2015 946

Davlat statistika qo'mitasi xabariga ko'ra 2014 yilning yanvar-dekabr oylarida respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi korxonalar ro'yxatga olindi. Xorijiy kapital ishtirokida qayta tashkil qilingan korxonalarning aksariyati, ya'ni 297 tasi Toshkent shahriga to'g'ri keladi. Toshkent viloyatida 39 ta, Farg'onada 23 ta, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 16 tadan, Sirdaryoda 8 ta, Navoiy, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida esa 7 ta korxona ro'yxatga olingan. Ulardan 110 tasi Xitoy Xalq Respublikasi, 69 tasi Rossiya Federatsiyasi, 42 tasi – Buyuk Britaniya, 36 tasi Koreya, 29 tasi Turkiya, 16 tasi Hindiston va yana shunchasi Qozog'iston davlatlari bilan hamkorlik mahsulidir. Xorijiy kapital ishtirokida qayta tashkil qilingan korxonalarning 219 tasi sanoat tarmog'ida, 100 tasi savdo va umumiy ovqatlanish sohasida, 18 tasi qurilish tarmog'ida, 16 tasi qishloq xo'jaligida, 11 tasi transport va aloqa sohasida, 46 tasi boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida, 19 tasi esa sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport sohalarida faoliyat yuritadi. 2015 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, xorijiy kapital ishtirokidagi ro'yxatga olingan korxonalarning umumiy soni 4 ming 883 taga yetdi.

UzReport

 

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

"O‘zmilliybank" AJ mijozlari diqqatiga

19.04.2021

Umumjahon pul haftaligi: yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda

16.04.2021

Uy-joy uchun krеditlar qulay shartlarda taqdim etilmoqda

15.04.2021

“O‘zmiliybank” AJ raqamli banking platformasini joriy qilish bo`yicha tanlov e`lon qiladi

14.04.2021

So`nggi yangiliklardan xabardor boling

Haftasiga bir martta xabar yuboramiz, va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.04.2021 12:26:27

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 15.02.2020 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2021 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Aloqa markazining ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 21:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.