Kuch ishonchda

Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O'zbekistonga YEI dan jalb etilgan investitsiyalar hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollariga yetdi

08.11.2013 1845

UzReport 07.11.2013

     O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida "O'zbekiston — Yevropa Ittifoqi" parlament hamkorligi qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi  o'tkazildi. Ushbu qo'mita 1999 yilda O'zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o'rtasida imzolangan sheriklik va hamkorlik to'g'risidagi kelishuvga muvofiq tuzilgan bo'lib, u parlament a'zolari uchun asosiy ikki tomonlama forum hisoblanadi.
     Bu mazkur qo'mitaning navbatdagi o'ninchi sessiyasi. Yig'ilish avvalida mazkur qo'mitaning to'qqizinchi- Bryussel sessiyasi protokoli tasdiqlab olindi. Shundan so'ng, forum doirasida O'zbekiston va YEI o'rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari  atroflicha tahlil qilinib, savdo-iqtisodiy, xavfsizlikni ta'minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ko'rib chiqildi. Unda shuningdek,  O'zbekiston va YEIga a'zo davlatlarning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr-muloxazalar bildirildi.
     Qo'mita a'zolarining ta'kidlashicha, bugun  hamkorlikka oid barcha masalalar muhokamasida o'zaro manfaatlar va tenglikka  asoslangan konstruktiv muloqot yo'lga qo'yilgan. Bu O'zbekiston bilan  YEI o'rtasida  savdo-sotiqni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish,  yuqori texnologiyalar transferi, fan, texnika, ta'lim, ekologiya, sog'liqni saqlash, shuningdek mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash kabi sohalardagi aloqalarning mustahkamlanishiga zamin yaratmoqda.
     Savdo-iqtisodiy aloqalar hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarida biri sanaladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yili tomonlar o'rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 2,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi.  Buguni kunda O'zbekistonda YEI ga a'zo davlatlarning sarmoyalari ishtirokida  952 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 675 tasi 100 foiz xorij kapitaliga asoslanadi.
     Shuni alohida qayd etish kerakki, keyingi yillarda tomonlar o'rtasida investitsion hamkorlik ham kengayib bormoqda. Masalan, 2005 yildan beri O'zbekistonga YEI dan umumiy qiymati 1,6 mlrd. AQSH dollariga teng sarmoyalar jalb qilingan. Xususan,  2012 yilda bu ko'rsatkich 28,6 mln. AQSH dollarni tashkil qildi.  Yig'ilishda savdo- sotiq borasida ijobiy o'zgarishlar kuzatilayotganligiga qaramasdan, natijalar imkoniyatlar darajasida emasligi alohida ta'kidlandi va  ishbilarmonlar o'rtasida biznes muloqotni kengaytirishga qaratilgan takliflar o'rtaga tashlandi.  
Uchrashuv mobaynida O'zbekiston va YEI mamlakatlarida ijtimoiy-siyosiy rivojlanish, ayniqsa demokratik va konstitutsiyaviy rivojlanish jarayonlari samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan ham tajriba almashinuvini davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.
     “E'tirof etish kerakki, O'zbekistonda ushbu sohalarda katta natijalarga erishildi. Lekin shu bilan kifoyalanmasdan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha boshlangan o'zaro harakatlarni davom ettirish lozim.  Bu borada  YEI O'zbekiston bilan ko'plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Talabalar va ilmiy doiralar o'rtasidagi o'zaro almashinuv dasturlari bunga  yorqin misol bo'la oladi. YEI bundan keyin ham mazkur  loyihalarni moliyaviy va texnik qo'llab- quvvatlaydi. Bularning barchasi davlat va jamiyatning  rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi.”, - deydi "O'zbekiston — Yevropa Ittifoqi" parlament hamkorligi qo'mitasi hamraisi Paolo Bartalotssi.
     Shuningdek,tomonlar mintaqaviy va global tahdidlarga qarshi kurash, mintaqaning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash borasida konstruktiv muloqotni davom ettirish yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirishdi. Parlament a'zolari  ekologik xavfsizlik, transmilliy suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ta'lim, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash kabi sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish istagida ekanliklarini ta'kidlab, bu borada rejalashtirilayotgan loyihalarni ko'rib chiqishdi.
 

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 01.06.2023 19:41:36

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish