Kuch ishonchda

Background
Visa Direct
Maxsus sa’y-harakatlarsiz darhol o‘tkazmalar!
Batafsil
Background
Milliydagi omonatlar
Omonatlaringizni yanada foydaliroq qiling!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O'zbekistonga jalb etilgan koreys investitsiyalari hajmi 6 mlrd. AQSh dollariga yetdi

02.05.2014 2198

     Bugun Toshkentda "O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining Evropa va Osiyo mintaqasida hamkorlik iqtisbollari" mavzuida biznes-forum boshlandi. Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun mamlakatimizga hamkor davlatdan nufuzli delegatsiya, ya'ni Koreyaning akademik doiralari vakillari, iqtisodchi-olim va ekspertlar tashrif buyurishdi.
     Unda  e'tirof  etilganidek,  bugungi kunda O'zbekiston bilan Koreya o'rtasidagi munosabatlar  2006 yilda imzolangan strategik hamkorlik  to'g'risidagi  shartnoma asosida  mustahkamlanib bormoqda. Mazkur mamlakat O'zbekistonning jahondagi  eng yirik  va ishonchli savdo hamkorlaridan biri sanaladi. O'tgan 10  yil davomida  ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 barobarga o'sib, 2013 yilda 2,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Mustaqillik  yillarida   respublikamizga jalb etilgan to'g'ridan - to'g'ri  koreys investitsiyalari miqdori esa  6 mlrd. AQSh dollariga yetdi. Hozirda koreyalik sarmoyadorlar bilan birgalikda O'zbekistonda bir qator  strategik  loyihalar amalga oshirilmoqda.   2011 yilda  boshlangan “Surgil” gazkimyo kompleksini  qurish  loyihasi  bugungi kunda o'zbek-koreys hamkorligi ramziga aylandi.
     Ma'lumki, global moliyaviy iqtisodiy inqirozdan so'ng Yevroosiyo bozori  jahon iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuchga aylandi. Ekspertlar  jahonda Yevroosiyo davri  boshlanganligini   e'tirof etishmoqda.  Ayni  shu ma'noda  2013 yil Koreya Prezidenti Pak Kin Xe xonim  tomonidan “Yevrosiyo tashabbusi” ilgari surilib, ayni paytda ushbu dastur doirasida  yirik  loyihalarga start berilgan. O'zbekiston ushbu tashabbusni to'liq qo'llab quvvatlashi biznes-forumida alohida   ta'kidlandi. Chunki, mazkur tashabbus eng avvalo savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.
     - O'zbekiston Osiyo bilan Yevropani bog'lab turuvchi chorrahada joylashgan. Yevrosiyo mintaqasidagi  transport yo'laklari aynan O'zbekiston orqali o'tadi, - deydi Koreyaning Iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo'yicha milliy ilmiy kengashi raisi An Se Yon. - Shu bois,    O'zbekiston bilan bu boradagi  aloqalarni  mustahkamlashga  jiddiy e'tibor qaratilmoqda.  Ushbu forum yagona Yevrosiyo  mintaqasini  tashkil etish  bo'yicha sa'yi harakatlarning  muhim qismi sanaladi.  Unda  transport, energetika,  investitsiyalar bilan bog'liq  masalalar ko'tarilmoqda. Bunda nafaqat sarmoyaviy  hamkorlik, balki ilmiy doiralar o'rtasidagi aloqalarni kengaytirish ham alohida ahamiyat kasb etadi.
     Shu sababdan, biznes-forumda  Koreyaning 9 ta  ilmiy tadqiqot institutidan  olim va ekspertlar ishtirok etdi.  Ular   hamkorlikning yangi  yo'nalishlarini  aniqlab, ilmiy  jihatdan tahlil qilishadi.  Bilim va  tajriba almashinuvi gaz, transport, logistika kabi sohalarda o'zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga  xizmat qiladi.
     Ekspertlarning aytishicha, xalqaro savdoni  kengaytirishda  logistika bilan bog'liq  masalalar o'z dolzarbligini ko'rsatadi. Turli davlatlar va turli mintaqalarni uzluksiz, ya'ni 24 soat davomida    transport yo'laklari orqali bog'lash logistikaning asosiy vazifasidir. Transport logistikasi faqat sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga xizmat qilib qolmasdan, yuk tashuvlar bo'yicha ham mamlakatga katta foyda keltiradi. Ayni paytda ikki davlat, Markaziy Osiyoda O'zbekiston,    Shimoli-Sharqiy Osiyoda esa Koreya  logistik xab faoliyatini rivojlantirishga harakat qilmoqda.  Buning uchun esa  erkin savdo va erkin iqtisodiy hududlarning mavjudligi  asosiy faktor sanaladi.  Ayni paytda Navoiy erkin iqtisodiy  industrial zonasida koreyalik  investorlar 20 dan ortiq loyihalarni amalga oshirmoqda.  Xususan,  Xalqaro logistika markazi orqali “Koreyan Eyr”  va “O'zbekiston Havo yo'llari” milliy aviakompaniyasi  dunyoning turli  davlatlariga haftasiga 30 ta doimiy reyslar  bajarmoqda.
     Biznes forumdan o'rin olgan 3 ta seksiyada trasport, energetika va qishloq  xo'jaligi  sohasidagi aloqalarni yanada jonlantirish, o'zaro hamkorlikning  yangi  yo'nalishlarini  aniqlash bo'yicha  fikr mulohazalar bildirilmoqda.

UzReport 30.04.2014

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2024 16:03:00

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2024 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Яндекс.Метрика

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Texnik yordam NBU

Tarmoq

Xabar yuborildi!

Iltimos, elektron pochta manzilingizga javobni kuting

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Men sizning virtual yordamchingizman.
Yuklanmoqda...

NBU qo‘llab-quvvatlash xizmati


Выберите интересующую тему

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish