Kuch ishonchda

Background
Ta'lim krediti
Kunduzgi, kechki, sirtqi ta'lim shakllari uchun kredit
Batafsil
Background
Avto to‘lov
Bo‘sh vaqtingizdan zavqlaning!
Batafsil
1344
+998 78 148 00 10 Aloqa markazi:
Ish vaqti soat 9:00 dan 21:00 gacha
NBU ijtimoiy tarmoqlarda:

O'tgan 2 yil davomida 'Angren' MIZ da 8 ta loyiha amalga oshirildi

06.10.2014 1919

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining   Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi tomonidan "Angren" maxsus industrial zonasida investitsiya hamkorligini rivojlantirish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda deputatlar, «Angren» MIZ Ma'muriy kengashi, «Angren» logistika markazi vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ma'lumki, qulay investitsiya muhitini  yaratash, to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar va ilgor texnologayalarni iqtisodiyotning ustuvor va istiqbolli tarmoqlariga jalb qilish, xorijiy sheriklar bilan o'zaro foydali savdo-iqtisodiy aloqalarni o'rnatish kabilar  O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.   Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi eng avvalo, mahsulotning sifat ko'rsatkichlarini ta'minlash  va jahon bozorida ularning  raqobatdoshligani oshirish imkonini beradi. O'zbekiston  Prezidentining "Angren" maxsus industrial zonasini tashkil etish to'g'risida”gi  Farmoniga muvofiq,  ushbu hududda  raqobatbardosh mahsulot tayyorlash bo'yicha yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun investitsiyalar jalb etish,  avvalambor, investorlar uchun  qulay sharoitlar yaratish uning asosiy vazifalari etib belgilagan.

«Angren» MIZ umumiy maydoni 14,5 ming ga bo'lgan va Angren shahri, Ohangaron tumani va poytaxt viloyatining ushbu aholi punktlari oralig'idagi hududda rivojlanib kelmoqda.  U yerda "Angren" multi modal logistika markazi  faoliyat ko'rsatmoqda. Maxsus zonada elektr texnika, mashinasozlik, kimyo va neft kimyosi, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va meva-sabzavot mahsulotlariga chuqur ishlov berish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi bir qator  korxonalar joylashadi.

- "Angren" MIZ da  2012-2014 yillarda umumiy qiymati 163,04 million AQSh dollari bo'lgan 8 ta loyiha amalga oshirildi, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ravshanjon  Asqarov. – Hammasi bo'lib, u yerda 16 ta  loyihaning  amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Davra suhbatida  ta'kidlanganidek, rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi  "Angren" MIZ rivoji uchun katta qulayliklar  yaratmoqda. Uning negizida "Angren" logistika markazi amal qilmoqda. Toshkent viloyatini Farg'ona vodiysi bilan bog'laydigan va O'zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega  bo'ladigan temir yo'lning  ishga tushishi bilan mazkur hududni  yanada rivojlantirish uchun  keng  istiqbollar ochiladi.

Davra suhbatida  ishtirokchilar mamlakatimiz iqtisodiyotiga tashqaridan kapital, avvalambor, to'g'ridan-to'gri xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo'yicha ishlarni yanada faollashtirish lozimligini ta'kidlashdi. Muhokama yakunlari bo'yicha xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, ushbu sohada mamlakatimiz qonunchiligini rivojlantirish bo'yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

 

UzReport

0
0



Shuningdek o'qing

Barcha yangiliklar

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Haftasiga bir marta xabar yuboramiz va hech qanday spamlarsiz

Oxirgi yangilanish sanasi: 25.03.2023 10:27:18

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25.12.2021 yildagi 22-sonli litsenziyasi.
© 2023 NBU. Barcha huquqlar himoyalangan.

Turli tillarda taqdim etilgan ma'lumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, davlat tilidagi variantga amal qilish kerak. Saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda www.nbu.uz veb-saytiga havola qilish majburiy

Aloqa markazi

Aloqa ma'lumotlari

Elektron murojaatlarning ish tartibi
dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan soat 18:00 gacha

101 Amir Temur shoh ko‘chasi, Toshkent 100084

Sizning xabaringiz muvaffaqiyatli yuborildi

Mutaxassisimiz sizga ish kuni davomida javob beradi. COVID-19 pandemiyasi davrida so’rovlarning ko’pligi sababli murojaatlarga javob berilishida kechikish holatlari vujudga kelishi mumkin.

Xizmat sifatini yaxshilashda ishtirok eting
Iltimos, 3 ta savolga javob bering
So'rovnomaga o'tish